2. LABORATORIYA ISHIGA TAYYORLANISH VA
UNI BAJARISH
1. Ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish hamda sintezni ongli ravishda o’tkazish va olib borilayotgan har bir ayrim bosqichni aniq tushunish uchun talaba-nazariy kursning sintezga tegishli qismini kollokvium savollari va tavsiya qilingan adabiyot asosida o’rganadi va o’qituvchiga topshiradi.
2. Laboratoriya ish bajarish arafasida sintez rejasi (fikriy tajriba) tuziladi, kerakli hisob-kitoblar qilinadi, ajralib chiqishi mumkin bo’lgan zaharli moddalarni zararsizlantirish yo’llari, sintez sharoiti va qurilmasi mukammal o’ylab chiqiladi.
Ma’lumotnoma adabiyotlar asosida oraliq mahsulotlar va iloji bo’lsa hosil bo’ladigan moddalarning xossalari o’rganiladi (ularning fizik xossalari, uchuvchanligi, portlovchanligi, yonuvchanligi, eruvchanligi, zaharliligi, solishtirma zichligi, erish harorati va boshqalar). Reaktsiya olib borishning nazorat usullari va xavfsizlik choralari belgilanadi. Buning hammasi ish daftariga yoziladi va o’qituvchi tomonidan laboratoriya ish bajariladigan kun tekshiriladi.
3. Sintez boshlashdan oldin qurilma (apparatura) yig’iladi, uni to’g’ri yig’ilganligi, kerakli moddalarning mavjudligi tekshiriladi. Qurilma yig’masining to’g’riligi katta laborant yoki o’qituvchi tomonidan tekshirilgandan so’ng talaba ishni boshlaydi.
4. Ish davomida talaba ish stolini toza, tartibli tutmog’i, idishlar, qog’oz va materiallarni keragidan ortiq to’plab olmay, xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda sintezni bajarmog’i darkor. Idish va qurilma qismlarini ehtiyot qilmoq kerak.
5. Ishni tugatgach, qurilma qismlarga ajratilib, tozalangan holda, olingan moddani esa tekshiruv va tahlildan o’tkazilib, uning nomi, miqdori, talaba familiyasi va guruhi yozilgan qog’oz yopishtirilgan dori idishlarda laborantga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |