O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti
Download 0.91 Mb.
|
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020
8.3. Tabiiy kauchuk
Tabiiy kauchuk geveya, gvayula, koksagiz, tausagiz va boshka kauchukli usimliklarning sutsimon shirasidan (lateksidan) olinadigan yukori molekulyar elastik moddadir. Janubiy amerikadagi xindlar bu sutsimon shirani kao chau («kao» - daraxt, «chou» - yiglash), ya’ni daraxt kuz yoshi deb ataganlar. Keyinchalik bu moddaning xossalarini urgangan fransuz olimlari unga kauchuk deb nom berganlar. Kauchukli usimliklar asosan ekvator atrofidagi tropik zonalarida, ya’ni Janubiy Amerika, Afrika va Malayya arxipilagida usadi. Kauchuk beradigan asosiy usimlik Braziliya gevayasidir. Buyi 45-59, aylanasi 2,5-4,8 m bulgan bu baxaybat serbarg va chiroyli vatani Janubiy Amerika bulib keyinchalik uning plantatsiyalari Shri-Lanka (Seylon), Indoneziya, Xindiston va boshka joylarda xam barpo kilindi. Kator mamlakatlarda kauchuk xozir xam kup mikdorda gevaya daraxtidan olinadi. Kauchuk olish daraxtning puslogi kesiladi va undan sutsimon shira ajralib chika boshlaydi. Lateks kesilgan joyga maxkamlab kuyilgan idishga yigilib olinadi. Sutsimon shira kauchukning suvidagi kolloid eritmasi bulib tarkibiga 35% gacha kauchuk, 1,5-2% smola va 0,5-1% mineral tuzlar buladi. Yigilgan sutsimon shiraga ozrok mikdorda sirka yoki chumoli kislota kushish yuli bilan kaogulyatsiyaga uchratiladi, natijada lateksdagi mayda zarrachalar xolidagi kauchuk kuyuk massa xolida ajralib chikadi. Eritmadan ajratib olingan xom kauchuk kuritiladi va oksidlanish xamda mogorlanishdan saklash uchun dudlanadi. Kauchuk benzol, benxil, uglerod sulfid va xloroformda yaxshi eritdi. Sof kauchukdan buyumlar tayyorlab bulmaydi,chunki elastikligi va uzilishiga chidamligi yetarli darajada yukori emas. Past temperaturada u murt buladi, yukori temperaturada esa yumshab, kovushkok bulib koladi. Shuning uchun xam kauchukning sanoatda ishlatilishi 1839 yildan, ya’ni kauchukning mexanik ximiyaviy xossalarini keskin yaxshilanishiga olib keluvchi vulkanizatsiya protsessi kashf kilingandan sung boshlandi. Kauchuk suyuklik va gazlarni utkazmaydi, ximiyaviy jixatdan barkaror, issiklik va elektr tokini yaxshi izolyatsiya kiluvchi elastik materialdir. Kauchukning eng asosiy va muxim xossasi elastiklikdir. Plastik material tashki kuch ta’sirida uz formasini uzgartiradi, lekin bu ta’sir yukotilgandan sung uz-uzidan avvalgi xolatiga kaytmaydi. Dunyoda kauchukning barcha xossalarini uzida mujassamlashtirgan boshka material yuk. Rezinaning asosiy tarkibiy kismi bulgan kauchukning xalk xujaligida axamiyati bebaxodir. Tabiiy kauchukning tuzilishi. Kauchukning ximiyaviy xossalarini urganish uni tuyinmagan birikmalar uchun xarakterli bulgan xossalarga ega ekanligi kursatdi. Masalan: kauchuk gidrogenlanadi, brom va vodorod galogenidlarni biriktiradi. 1860 yilda ingliz olimi Vilyams kauchukni kuruk xaydab olgan moddasini izopren deb atadi va uning tarkibi S5N8 ekanligii anikladi. Oradan 22 yil utgach, Tildon izoprenning struktura formulasini aniklashga muvofik buldi. Tabiiy kauchuk bilan izopren urtasida boglanish borligi aniklandi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling