4– ish. α – Sellyuloza miqdorini aniqlash
Reaktiv va asboblar: sellyuloza (3 g), 17,5 % li natriy gidroksi, (45 ml), 200 ml sig’imli stakan (1 dona).
Ishning borishi: 200 ml sig’imli stakanga 3 g chamsi sellyloza solinib, unga 20ºC da NaOH ning 17 % li eritmasidan 45 ml quyiladi. Sellyulozaga ishqor bilan bunday ishlov berish merserizatsiya deyiladi. Stakandagi sellyuloza shisha tayoqcha yordamida 3-4 minut aralashtiriladida, 20 ºC termostatda 45 minut saqlanadi. So’ngra stakanga 20 ºC li distillangan suvdan 45 ml quyiladi va ta tayoqcha bilan 1-2 minut aralashtirilib, birinchi raqaml shisha filtrdan o’tkaziladi. Shisha filtrni ishlatishdan oldin tortib quritish lozim. Bunday ishqoriy sellyuloza (25 ml) NaOH ning 9,5 % li 25 ml eritmasi bilan 3 marta yuviladi va oxirida distillangan suv bilan neytrallanguncha (bu fenolftalein bilan aniqlanadi) yuviladi. Chayilgan α – sellyuloza 100-105ºC da massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi va uning miqdori quyidagicha hisoblab topiladi:
bu formulada:
a – shisha filtr bilan α – sellyulozaning og’irligi, g;
b – shisha filtrning og’irligi, g;
c – sellyulozaning mutlaqo suvsiz holdagi og’irligi, g.
Savollar:
α – sellyuloza, β – va γ – sellyulozalarning bir-biridan farqini tushuntirib izohlab bering.
Sellyulozaning dastlabki 17% li va keyingi bosqichlarda esa 9,5% li ishqorning ta’sirlashuv jarayonlari orasida qanday farq bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |