O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


– ish. Yog'och qipig’idan sellyuloza olish va undagi lignin mikdorini aniqlash


Download 0.91 Mb.
bet44/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#238197
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020

6– ish. Yog'och qipig’idan sellyuloza olish va undagi lignin mikdorini aniqlash

Qipiqdan sellyuloza olish va oqartirish
Reaktiv va asboblar: yog’och qipig’i (5 g) 3 % li nitrat kislota (60ml), natriy gidroksidning 3 % li eritmasi (60 ml), 200 ml sig’imli sta­kan (1 dona), Byuxner voronkasi (1 dona), vodorod peroksid (7-10 ml) 30% li eritmasi, natriy bi­sulfit 2 % li eritmasi (1000 ml), natriy metasilikat.

Ishning borishi: Stakanga 3 % li nitrat kislotadan 60 ml, 3 g chamasi yog’och qipig’i solinadida, aralashma 1 soat qaynatiladi. So’ngra stakan­dagi kislota eritmasi to’kib tashlanib, sellyuloza bor namuna Byuxner vo­ronkasiga solinadi va 50 ml chamasi qaynoq suv bilan 4-5 marta yuviladi. So’ngra y yana stakanga solinib, ustiga NaOH ning 3 % li eritmasidan 60 ml quyilib, 1 soat qaynatiladi. Oxirida ishqor eritmasi to’kib tashlanib, olingan sellyuloza qaynoq suv bilan neytrallanguncha yuviladi va 105ºC da massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi. Odatda olingan sellyuloza miqdori boshlang’ich namuna miqdorining 40-43% ini tashkil etadi.

Sellyuloza olingandan keyingi jarayon uni oqartirishdan ibo­rat bo’lib, buning uchun kolbadagi sellyuloza ustiga H2O2 (30%li) 3-5g/l eritmasidan 20-25 ml, Na2SiO3 dan 10-12 g/l, ushqor eritmasidan (3-5g/l), NaHSO3 2 g/l eritmasidan 5 ml va OP-10 2-3 ml qo’shiladi. Sellyulozani oqartirish jarayonini eritmadagi vodorod peroksid parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod ta’siri ostida boradi.

H2O2 = H2O + O

Eritma 90ºC da 40-45 minut oqaritiriladi. So’ngra selluyloza shisha tayoqcha yordamida siqib olinib neytral muhitga kelguncha qaynoq, so’ngra sovuq suvda yu­viladi, siqiladi va avval xona haroratida, keyin 60-70 ºC da massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi. Tarozida sellyuloza o’lchanadi.




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling