Savollar:
1. I va II usullarda olingan Na-KMS eruvchanligini taqqoslang.
2. Tajribalarda boradigan reaksiya tenglamalarini yozib, qaysi usul samarador ekanligini izohlang.
10– ish. Kartoshkadan kraxmal olish
Reaktiv va asboblar: sulfat kislotaning 1:5 nisbatdagi suyultirilgan eritmasi, kartoshka, probirka, stakan, chinni kosacha, sim to’r, qirg’ich, 200 ml li konussimon kolba.
Ishning borishi: Ikki dona kartoshka tugunagi olib tozalanadi va maxsus sim to’r ustida qirg’ichda qiriladi. Uning ustidan suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to’r ostidagi chinni kosachaga tushib cho’kadi. Cho’kkan kraxmalni tozalash uchun u hajmi 200 ml bo’lgan konussimon kolbaga solinib toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. So’ngra suv to’kib tashlanadi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo’lgandan so’ng 40-50ºC haroratda quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |