Savollar:
1. Kraxmalning biosintezini va tuzilish formulasini yozing.
2. Kartoshka tugunagidagi kraxmal massa ulushini hisoblang.
Kraxmal tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash
Reaktiv va asboblar: kraxmal, quritish shkafi, byukslar, eksikator, tarozi (toshlari bilan), soat.
Ishning borishi: Oldindan quritilgan byuksni tarozida tortilib unga 2g kraxmal solinadi va quritish shkafiga og’zi ochiq holda namuna joylashtiriladi. Namuna 3 soat davomida 105ºC da quritiladi. Shundan so’ng byuks og’zi bekitilib, eksikatorga 30 minut davomida sovitiladi va byuks-lar tarozida tortiladi. Byukslar yana 105ºC da 30 minut quritish shkafida quritiladi. Quritish massa o’zgarmay qolgunga qadar davom ettiriladi.
Kraxmaldagi namlik miqdori quyidagi formula orqali topiladi:
bunda
m – byuks massasi, g;
m1 – quritishgacha kraxmal namunasi bilan byuks massasi, g;
m2 – quritilgan namunaning byuks bilan massasi, g.
Tajribani oxirgi natijasi sifatidan olingan natijalar o’rtacha arifmetik qiymati qabul qilinishi va u 0,5 % dan oshmasligi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |