O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


– ish. Kraxmal tarkibidagi xlorid kislotaning10% li eritmasida erimaydigan kul (qum) miqdorini aniqlash


Download 0.91 Mb.
bet51/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#238197
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020

11– ish. Kraxmal tarkibidagi xlorid kislotaning10% li eritmasida erimaydigan kul (qum) miqdorini aniqlash
Reaktiv va asboblar: kraxmal, chinni tigellar, mufel pechi, elektroplitka, eksikator, suv hammomi, 100 ml li stakanlar, 100 ml o’lchov silindri, 500 ml li konussimon kolba, voronka, filtr qog’ozi, xlorid kilosta 10% li eritmasi, distillangan suv, soat yoki sekundomer.

Ishning borishi: 20 g kraxmal stakanga solinib, ustiga shuncha miqdor distillangan suv quyiladi va suspenziyani konussimon kolbaga quyib umumiy suv hajmi 155 ml bo’lgunga qadar suv qo’shib suyul­tiriladi. Hosil bo’lgan suspenziyaga 45 ml konsentrlangan xlorid kis­lotadan HCl massa ulushi 10% ga yetgunga qadar qo’shiladi. Hosil qilingan suspenzi­yani aralashtirilib qaynab turgan suv hammomida 3 minut davomida kraxmal to’liq eriguncha qizdiriladi. Qizdirish 30 miniut davom ettiriladi va sovutib filtrlanadi. Kolba devorlaridagi aralashma suv bilan yuvilib filtrlanadi. Filtrat 5 marta 50-60ºC li dis­tillangan suvda yuviladi.

Filtrat filtr qog’oz bilan birgalikda avvaldan o’lchangan chinni ti­gelda joylashtirilib mufel pechida 600 - 650ºC da kul hosil bo’lguncha kuydiriladi.



Kraxmal tarkibidagi 10 % li xlorid kislotada eritmaydigan (qum) kulning massa ulushini quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bunda


m – tigelning massasi, g;

m1 – tigelning kul bilan massasi, g;

20 – kraxmal namunasi massasi, g;

ω – kraxmaldagi namlik miqdori, %.




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling