Savollar:
1. Hosil qilingan oksisellyulozadagi karboksil guruhlar sonini aniqlang
2. Sellyuloza va oksisellyulozaning 5-7 %li ishqor eritmasida eruvchanli-gini bir-biriga solishtiring.
9– ish. Каrboksi metill selluyuloza olinishi
Reaktiv va asboblar: paxta momig’i (3 g), konussimon kolba, 17,5% % li NaOH eritmasi (150 ml), termostat, jarrohlik qo’lqopi, maydalagich, monoxlorsirka kislotaning natriyli tuzi (5 g), sokslet apparati, 70 % li etil spirt, fenolftalein, kumush nitrat, Byuxner voronkasi, propil spirti.
Ishning borishi: 3 g paxta momig’I 250 ml konussimon kolbaga solinib uning ustiga 17,5 % li NaOH eritmasidan 150 ml quyiladi va termostatga joylashtiriladi. Termostatda 35-45 C da 40-50 minut davomida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. Bu jarayon merserizatsiya deb yuritiladi. Hosil bo’lgan ishqoriy sellyuloza yaxshilab siqib olinadi (Jarrohlik qo’lqopidan foydalangan holda). Ishqoriy sellyuloza Verner va Pfleyderer maydalagichiga joylashtirilib maydalanadi, so’ngra quruq monnnoxlorsirka kislotasining natriyli tuzidan 3-5 g atrofida solinadi. Reaksiya 40C da 30 minut davom ettiriladi va 24 soat xona haroratida 25C yopiq idishda saqlanadi. Bu vaqt jarayonida ishqoriy muhitda saqlanadi. Bu vaqt jarayonida ishqoriy muhitda sellyulozaning oksidlanish destruksiyasiga uchrab uning polimerlanish darajasi 1200 dan 300-400 gacha kamayadi, natijada hosil bo’lgan KMS ning suvda eruvchanligi ortadi. Reaksiya so’ngida hosil bo’lgan Na- KMS Sokslet apparatida qaynoq 70% li etil spirtida yuviladi. Bu jarayon NaOH (fenolftaletin) va Cl ioni (AgNO3) to’liq yo’qolguncha davom ettiriladi. Olingan Na- KMS 50C da quritiladi.
2 – usul. Yuqoridagi usulda merserizatsiyalangan sellyuloza Byuxner voronkasida propil spirti yordamida ortiqcha NaOH va suv yo’qotiladi. Ishqoriy sellyuloza yaxshilab siqib olinadi va maydalagichaga solinadi hamda uning ustiga 150 ml propil spiri quyiladi. Maydalash 10 minut davom ettirilib, shundan so’ng quruq monoxlorsirka kislotasining natriyli tuzi qo’shiladi. Na-KMS ni olishning qolgan jarayonlari 1-usulga ko’ra davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |