O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
7.2. Variatsiya ko`rsatkichlari.
Statistikada variatsiya quyidagi ko`rsatkichlar yordamida tavsiflanadi (6- jadval): 6-jadval Variatsiya ko`rsatkichlari t/r Ko`rsatkichlar Ishora Hisoblash tartibi oddiy qatorlarda vaznli qatorlarda 1. Variatsion kenglik R R = X max – X min 2. O`rtacha mutlaq tafovut d f x x d f f x x d 3. O`rtacha kvadrat tafovut (dispersiya) 2 f x x 2 2 f f x x 2 2 4. O`rtacha kvadratik tafovut f x x 2 f f x x 2 5. Variatsiya koeffitsienti x 100 Bu erda: X max – belgining eng katta darajasi; X min – belgining eng kichik darajasi; x – variatsion qatorning alohida miqdorlari; 59 x – ularning o`rtacha miqdori; f – hadlar soni (vazn); f – hadlar yig’indisi. Variatsion kenglik (R) deyilganda belgining eng katta va eng kichik darajalari o`rtasidagi farq tushuniladi. Bu ko`rsatkich ranjirlangan qatorning ikkita chetki hadlariga asoslanganligi sababli ayrim hollarda o`zgaruvchanlikni noto`g’ri ta`riflashi mumkin. Bunday holat, odatda, chetki hadlar tasodifiy bo`lgan taqdirda sodir bo`ladi. Bu ko`rsatkichdan qatorning hadlari bir-biridan unchalik katta miqdorda farq qilmaydigan sharoitlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. O`rtacha mutlaq tafovut ( d ) alohida miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi farqlarning to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan nisbat natijasidir. Dispersiya ( 2 ) alo miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi farqlar kvadratining to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan nisbat natijasidir. Agar dispersiyani kvadrat ildizdan chiqarsak, u holda o`zgaruvchanlikning haqiqiy darajasi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich o`rtacha kvadratik tafovut deb ataladi. Variatsiya koeffitsienti (v) o`rtacha kvadratik tafovutning ( ) o`rtacha miqdorga ( x ) bo`lgan nisbat natijasiga teng. Bu koeffitsient qiymati, agar u foizda ifodalangan bo`lsa, 0 bilan 100 orasida bo`ladi. U 0 ga qancha yaqin tursa, o`zgaruvchanlik shuncha kuchsizligidan va 100 ga qanchalik yaqinlashsa, o`zgaruvchanlikning shunchalik kuchliligidan dalolat beradi. Variatsiya koeffitsientini foizda ifodalash yordamida turlicha ifodalangan o`rtacha kvadratik tafovutlar bir xil asosga keltiriladi va ular yordamida turlicha hodisalar o`zgaruvchanligi qiyosiy tahlil qilinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling