O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Asimmetriya ko`rsatkichlari va ekstsess me`yorlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

7.3. Asimmetriya ko`rsatkichlari va ekstsess me`yorlari. 
Asimmetriya – grekcha «asymmetria» – o`zaro o`lchamsiz so`zidan 
olingan bo`lib, o`zaro o`lchamlik buzilishi yoki yo`q bo`lishi degan lug’aviy 
mazmunga ega. Asimmetrik taqsimot u yoki bu yoqqa og’ishmay, qiyshaygan 
shaklda to`plam birliklarining taqsimlanishidir.
Taqsimot asimmetriya me`yorini, ya`ni uning nosimmetrik darajasini 
qanday o`lchash mumkin degan savol tug’iladi.
Ma`lumki, taqsimot ordinatasida moda arifmetik o`rtacha miqdor 
nuqtasidan u yoki bu tomondagi nuqta bilan ifodalanadi. Demak, moda bilan 
arifmetik o`rtacha orasidagi farqdan taqsimot asimmetriyasining darajasini 
o`lchashda foydalanish mumkin. lekin 
o
x


ayirmaning berilgan qiymatida 
dispersiya katta bo`lsa asimmetriya ko`zga ilinar-ilinmas tashlanadi, ya`ni 
og’ishma daraja kichik bo`ladi, aksincha dispersiya kichik bo`lsa, 
nosimmetriklik yaqqol ko`rinadi, uning darajasi katta bo`ladi. shuning uchun 
asimmetriya me`yori qilib arifmetik o`rtacha bilan moda orasidagi 
o
x


farqni 


60 
emas, balki bu ayirmaning kvadratik o`rtacha tafovutga nisbatini olish mumkin, 
ya`ni 
x
o
x





Bu ko`rsatkichni mashhur ingliz statistiki K.Pirson taklif etgan, shuning 
uchun Pirson koeffitsienti deb ataladi. Muayyan sharoitda bu ko`rsatkich noldan 
katta bo`lsa a>0, u holda asimmetriya musbat hisoblanadi, aks holda (a<0), u 
manfiy deb hisoblanadi. Agarda to`plam birliklari qator o`rtachasidan 
chaproqdagi guruhlarda ko`proq to`plangan bo`lsa, koeffitsient manfiy ishoraga 
ega bo`ladi, taqsimot ham chap yoqqa og’ishgan bo`ladi, va aksincha, ular 
o`rtachadan o`ng tomondagi guruhlarda ko`proq to`plangan bo`lsa, Pirson 
koeffitsienti musbat ishora oladi, taqsimot ham o`ng yoqlama og’ishmalikka ega 
bo`ladi.
Ekstsess lotincha «excessus» - og’ishgan, o`tkir qiyshaygan, bukur, kuchli 
bukchaygan va grekcha «xuproc» so`zidan olingan «kurtosus» - do`ng, bukur, 
o`tkir uchli qiyalik degan lug’aviy ma`noga ega. Statistikada ekstsess deganda 
taqsimot shaklining bo`yiga cho`ziqligi yoki yassiligi nazarda tutiladi.
Bir uchli taqsimotlar og’ishmalikdan tashqari yana boshqa xususyaitlarga 
ham ega. Ularning bunday muhim xossalaridan biri markaziy variantalarning 
to`plam birliklari bilan trlicha zichlanishida namoyon bo`ladi. Agarda ular moda 
atrofida ko`proq to`planib, uning yonbag’ridagi variantalarda g’ujlansa, demak, 
muayyan qator gistogrammasi o`tkir uchlidir. Va aksincha, birliklar modadan 
olisroqda joylashib tegishli uzoqlikdagi variantalarda g’ujlansa, u holda 
gistogramma yassi shaklda, do`ngroq yoki bukurroq ko`rinishga ega. 
Gistogramma shakli haqida aytilgan so`zlar taqsimot egri chizig’i shakliga ham 
to`la taalluqlidir. Bu holda yassi yoki o`tkir uchli egri chiziq haqida so`z yurita 
turib, uning modaga yaqin ordinataga tegishli shaklini nazarda tutamiz. Butun 
egri chiziq tig’izligi, aniqrog’i cho`ziqligi kvadratik o`rtacha tafovut bilan 
aniqlanadi.
Ekstsess me`yori bo`lib to`rtinchi momentning to`rtinchi darajali 
kvadratik o`rtacha tafovutga nisbati xizmat qiladi, ya`ni





















f
x
x
f
x
x
f
x
x
f
f
f
x
x
K
eks
2
2
4
4
4
4
4
*
*
*




Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling