O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
ko`rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo`yicha taqsimoti, daromadlar
va iste`molni yig’uvchi va kelishtiruvchi ko`rsatkichlar va h.k.). Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimiga bevosita iste`mol ko`rsatkichlari bilan birga iste`mol imkoniyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham kiradi. Ularga, masalan, iste`mol fondi yoki daromad darajasi ko`rsatkichlarini kiritish mumkin. «Turmush darajasini» ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimi ko`p bo`lganligi sababli hozirgi vaqtda qator jamlovchi ko`rsatkichlar ham qo`llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko`rsatkich insonlarning moddiy va ma`naviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o`lchash uchun, shuningdek, ayrim mamlakatlar va umuman, insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun xizmat qiladi. Inson rivojlanish indeksi (J i.r. ) uchta omilning ta`sirini hisobga oladi: 1) umr uzunligi; 2) ta`lim olish darajasi; 3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIM hajmi. 190 Bu ko`rsatkich (J i.r. ) turmush tarzini ifodalovchi uch ko`rsatkich asosida o`rtacha arifmetik usulda aniqlanadi: J i.r. = 1/3 x ( J xi ); bunda, J xi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan: J x1 – kutilayotgan umr uzunligi; J x2 – aholining ta`lim olish darajasi (yig’ma ko`rsatkich: yoshi katta aholining savodxonlik darajasi va boshlang’ich, o`rta va oliy ma`lumot olayotgan yoshlar salmog’i); J x3 – jon boshiga to`g’ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e`tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida). Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi ko`rsatkich solishtiriladi: хажми минимал x хажми максимал x хажми минимал x хажми амалдаги x J i i i i x Bo`lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta`lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YAIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSH dollari olinadi. Jon boshiga real YAIM hajmi ko`rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste`mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko`rish uzunligi ko`rsatkichi millatning sog’lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o`sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog’liq. Aholining ta`lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi. BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi tendentsiyasi» nomli ma`ruzasida ta`kidlaganidek, oxirgi 30 yil mobaynida insoniyat o`z rivojida sezilarli o`sishga erishgan. Hozirgi vaqtda umr uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o`limi esa yarmiga qisqargan. 1960 yildan 1995 yilgacha bo`lgan davrda butun dunyo bo`yicha hisoblangan inson rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o`sgan. Jumladan, aholi jon boshiga real YAIM ishlab chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta ortgan, o`rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 yoshgacha ko`tarilgan, aholi savodxonlik darajasi esa 50%gacha ortgan. Barcha mamlakatlar bo`yicha turmush darajasi solishtirilganda ular o`rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish dasturining mutaxassislari tomonidan o`rganilgan 174 mamlakat quyidagicha taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori, 64tasi o`rta va 47tasi past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta-sekin bunday farqlar yo`qolib, inson rivojlanish darajasi tenglashib bormoqda. 1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30% rivojlangan, 39% o`rta va 31% esa past darajada bo`lgan edi. 30 yil mobaynida indeks variatsiyasi taxminan 2 marta kamaygan. Inson salohiyati rivojlanish darajasi 191 bo`yicha eng yuqori o`rinni 1998 yilda Kanada, AQSH va Avstraliya egallagan. Inson rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasi doim mukammallashib bormoqda. Bunda hisobga olinadigan ko`rsatkichlarni tanlash, shuningdek, foydalaniladigan vazn koeffitsientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo`lib hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling