O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari.
Tayanch iboralar:
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar, o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash, jamlovchi ko`rsatkichlar, aholi daromadlari, aholi xarajatlari va iste`moli, aholining pul jamg’armalari, yig’ilgan mulk va turarjoy, aholining ijtimoiy tabaqalanishi, aholining kam ta`minlangan qatlami. 18.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari. Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo`lib, uni tor va keng ma`noda tushunish mumkin. Tor ma`nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste`mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma`noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o`z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi ham turli xil ko`rinishga ega bo`lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste`mol va yashash sharoitlari. SHu ko`rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o`rtacha va median ko`rsatkichlarda o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tuzishga qo`yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko`rsatkichlarning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Turmush darajasini uch xil yo`nalishda o`rganish mumkin: barcha aholiga nisbatan; uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; har xil daromadga ega bo`lgan uy xo`jaliklariga nisbatan. Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon`yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to`liq ishlangan. Uning 7 bo`limida 39 ta ko`rsatkich keltirilgan: 1. Jamlovchi ko`rsatkichlar. 2. Aholi daromadlari. 189 3. Aholi xarajatlari va iste`moli. 4. Aholining pul jamg’armalari. 5. Yig’ilgan mulk va turarjoy. 6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi. 7. Aholining kam ta`minlangan qatlami. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimining oxirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan. 1. Tug’ilish, vafot etish va boshqa aholini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar. 2. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari. 3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish. 4. Turar joy sharoitlari. 5. Ta`lim va san`at. 6. Mehnat sharoiti va bandlilik. 7. Aholining daromadlari va xarajatlari. 8. Yashash qiymati va iste`mol baholari. 9. Transport vositalari. 10. Dam olishni tashkil etish. 11. Ijtimoiy ta`minot. 12. Insonning erkinligi. Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlarni shartli ravishda o`lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) sintetik qiymat ko`rsatkichlari (YAIM, iste`mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.); b) fizik ko`rsatkichlar, aniq material boyliklarni iste`moli hajmini ifodalovchi ko`rsatkichlar (shaxsiy mulk bilan ta`minlanish darajasi, oziq-ovqat mahsulotlar iste`moli, tashilgan yo`lovchilar soni va h.k.); s) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling