O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet132/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Tayanch iboralar:
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar, o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi
to`plash, differentsiyalash, jamlovchi ko`rsatkichlar, aholi daromadlari, aholi 
xarajatlari va iste`moli, aholining pul jamg’armalari, yig’ilgan mulk va turarjoy, 
aholining ijtimoiy tabaqalanishi, aholining kam ta`minlangan qatlami. 
18.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari. 
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo`lib, uni 
tor va keng ma`noda tushunish mumkin. Tor ma`nodagi turmush darajasi – bu 
aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste`mol qilishdagi erishilgan darajasi. 
Keng ma`noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlar majmuasini o`z ichiga oladi. 
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin 
qilinadi va uni aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi ham turli xil ko`rinishga ega 
bo`lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste`mol va yashash 
sharoitlari. SHu ko`rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining 
jon boshiga nisbatan hisoblanadi. 
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari 
va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa 
ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy 
indikatorlari tuziladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o`rtacha va median ko`rsatkichlarda 
o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash va sotib olish 
qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash 
makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tuzishga qo`yilgan talablarga asosan, lekin 
ijtimoiy ko`rsatkichlarning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda 
amalga oshiriladi. 
Turmush darajasini uch xil yo`nalishda o`rganish mumkin: 

barcha aholiga nisbatan; 

uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; 

har xil daromadga ega bo`lgan uy xo`jaliklariga nisbatan. 
Rossiya 
Federatsiyasi 
iqtisodiyot 
vazirligi 
qoshidagi 
«iqtisodiy 
kon`yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan 
«Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy 
ko`rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to`liq 
ishlangan. Uning 7 bo`limida 39 ta ko`rsatkich keltirilgan: 
1. Jamlovchi ko`rsatkichlar. 
2. Aholi daromadlari. 


189 
3. Aholi xarajatlari va iste`moli. 
4. Aholining pul jamg’armalari. 
5. Yig’ilgan mulk va turarjoy. 
6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi. 
7. Aholining kam ta`minlangan qatlami. 
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimining oxirgi 
varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan. 
1. Tug’ilish, vafot etish va boshqa aholini xarakterlaydigan 
ko`rsatkichlar. 
2. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari. 
3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish. 
4. Turar joy sharoitlari. 
5. Ta`lim va san`at. 
6. Mehnat sharoiti va bandlilik. 
7. Aholining daromadlari va xarajatlari. 
8. Yashash qiymati va iste`mol baholari. 
9. Transport vositalari. 
10. Dam olishni tashkil etish. 
11. Ijtimoiy ta`minot. 
12. Insonning erkinligi. 
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlarni shartli ravishda o`lchov 
turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
a) sintetik qiymat ko`rsatkichlari (YAIM, iste`mol fondi, aholining jami 
daromadlari va h.k.); 
b) fizik ko`rsatkichlar, aniq material boyliklarni iste`moli hajmini 
ifodalovchi ko`rsatkichlar (shaxsiy mulk bilan ta`minlanish darajasi, oziq-ovqat 
mahsulotlar iste`moli, tashilgan yo`lovchilar soni va h.k.); 
s) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling