O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

kapital transfertlar yoki bir vaqtning o`zida qayta taqsimlash to`lovlari 
(masalan, korxonalarni davlat byudjetidan qayta to`lovsiz moliyalashtirish, 
xususiylashtirish jarayonida kapitalni o`tkazish, avvalgi yillar qarzlarini kechib 
yuborish va h.k.). 
Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish – bino va inshootlarni qurish qiymati, 
shuningdek, mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa 
turlarini sotib olish. 
Material aylanma mablag’lar zahirasini ortishi – xomashyo, 
materiallar, yoqilg’i, asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish tayyor, lekin 
sotilmay qolgan mahsulotlar va h.k. qiymatining ortishi. 
Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) – zargarlik buyumlari, 
san`at asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish, 
ular o`z qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Boyliklar 
yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va iste`mol 
uchun emas, balki aktivlarni inflatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi. 
Erni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish er bilan birga 
boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni (patent, litsenziyalar, avtorlik huquqi va 
h.k.) sotib olishni o`z ichiga oladi. 
Sof kreditlash (sof qarz olish) – moliyaviy resurslar hajmini ifodalovchi 
balanslashtiruvchi modda bo`lib, u iqtisodiyotning bir sektorini ikki sektoriga 
bergan va o`rni qoplanadigan (yoki olgan) kapital xarajatlarni moliyalashtirishni 
ifodalaydi.
17.3. Milliy hisoblar tizimidan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash 
maqsadida foydalanish 


185 
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo`nalishlaridan biri 
iqtisodiy o`sish darajasi va iqtisodiy kon`yunkturaning tebranishi hisoblanadi. 
YAIM hajmini o`zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o`rganish 
muhim yo`nalishlardan biri bo`lib, u ko`p jihatdan mamlakat iqtisodiy 
salohiyatini investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog’liq bo`ladi. Iqtisodiy 
kon`yunkturaning tebranishi ko`p jihatdan mavjud asosiy fondlardan foydalanish 
darajasiga bog’liq. 
Iqtisodiy o`sish darajasi ko`rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu 
davrdagi o`sish tendentsiyalarini o`rganish, olib borilayotgan iqtisodiy 
siyosatning samaradorligini o`rganish uchun foydalaniladi. 
Masalan, MDH mamlakatlarida YAIM (o`zgarmas baholarda, 1991-yilga 
nisbatan foiz hisobida) dinamikasi
1
 
2000
2001
2002
2003
2004
2005
O`zbekiston
98,6
102,7
107,0
111,4
120,0
127,7
Ozarbayjon
53,3
59,3
65,1
72,0
80,1
88,3
Armaniston
76,8
84,2
95,0
108,2
119,1
124,6
Belorussiya
89,7
94,0
98,7
105,4
107,0
109,3
Gurjiston
47,6
49,8
52,5
57,1
63,3
65,6
Qozog’iston
76,0
88,5
97,2
106,1
116,2
126,6
Qirg’iziston
72,2
76,1
76,1
81,2
87,0
91,4
Moldova
42,0
45,0
48,5
51,6
54,7
57,0
Rossiya
70,8
74,3
77,8
83,3
89,5
95,9
Tojikiston
41,0
45,0
49,3
54,3
59,7
63,4
Ukraina
47,4
51,7
54,2
58,8
66,6
72,6
Ma`lumotlar asosida MDH mamlakatlarini YAIM hajmini o`sish sur`atlari 
bo`yicha ikki guruhga ajratish mumkin: 1) 1991 yil darajasiga etib, o`tib ketgan 
mamlakatlar: O`zbekiston, Qozog’iston, Armaniston va Belorussiya; 2) 1991 yil 
darajasiga etmagan mamlakatlar: Ozarbayjon, Gurjiston, Qirg’iziston, Moldova, 
Rossiya, Tojikiston va Ukraina. 
MDH davlatlari ichida YAIM ko`rsatkichi bo`yicha eng yuqori darajaga 
erishgan mamlakat O`zbekiston bo`lib, uning YAIM (o`zgarmas baholarda) 1991 
yilga nisbatan 127,7%ni tashkil etdi. Moldova esa YAIM endi 57,0%ni tashkil 
etdi, xolos. 
O`zbekiston YAIMning mintaqaviy tuzilishida eng katta ulush Toshkent 
shahrida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga tegishli bo`lib, respublika YAIM 
umumiy hajmiga nisbatan 17,0 foizni (2000 yilda – 11,6 foiz) tashkil qildi, uning 
ko`payishi qurilish va sanoat tarmoqlarining yuqori o`sish sur`atlari (tegishli 
ravishda 7,3 foiz va 7,0 foiz) bilan izohlanadi. Respublika YAIMni yaratishda 
ikkinchi o`rinni Toshkent viloyati egallab, uning respublika YAIM umumiy 
hajmidagi ulushi 10,4 foizni tashkil etadi. 
Tahlilning keyingi yo`nalishi YAIMdan foydalanish tarkibini o`zgarishini 
o`rganishdan iborat: oxirgi iste`mol, yalpi jamg’arish, sof eksport. Ushbu tahlil 
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида


186 
asosida yana uy xo`jaliklari iste`moli tarkibini o`rganish mumkin (masalan, oziq-
ovqat mahsulotlari sotib olish ulushi), YAIMning mudofaaga, boshqarishga, 
sog’liqni saqlashga, ta`lim va ilmiy tadqiqot ishlariga sarflangan qismi. 
O`zbekistonning 2001-2005-yillardagi YAIMdan
foydalanish tarkibi
1
 
2001 2002 2003 2004 2005
Jami
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
shu jumladan:
1. YAkuniy iste`mol uchun xarajatlar 
jami
80,0
76,5
72,3
68,8
65,9
a) xususiy
60,6
57,6
53,8
51,7
49,6
b) davlat
19,4
18,9
18,5
17,1
16,3
2. YAlpi jamg’arish
21,1
22,9
20,8
23,9
23,7
a) asosiy kapitalga
27,9
21,9
22,1
22,1
22,4
b) moddiy aylanma mablag’lar
-6,8 
+1,0 
-1,3 
1,8 
1,3 
3. Sof eksport 
-1,1 
+0,6 
+5,9 
7,3 
9,4 
YAIMdan foydalanish tarkibida ham ijobiy o`zgarishlar yuz bergan: 
yakuniy iste`mol uchun xarajatlar ulushi kamayib, yalpi jamg’arish va sof eksport 
ulushi ortib borgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanib 
borayotganini, uning kedalajagi yanada porloq ekanini va xalqning turmush 
darajasi rivojlanib borayotganini ifodalaydi.
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида 


187 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling