O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet126/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash 
Foydalanish 
Resurslar 
5. Mulkdan olingan daromad-lar 
(to`langan). 
6. Birlamchi daromadlar qoldig’i 
(1+2+3+4-5) 
1. Foyda (aralash daromad) 
2. Mulkdan olingan daromad
3. Ishlab chiqarish va import soliqlari
4. Ish haqqi 
Jami foydalanilgan 
Resurslar jami 
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi 
sektorlarda olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi 
sektorlarga o`tkazilish jarayonini ko`rsatishdan iborat. Uning o`ng tomonida 
olingan birlamchi daromadlar chap tomonida esa – mulkdan olingan 
daromadlarning to`lanishi va balanslashtiruvchi modda – birlamchi daromadlar 
qoldig’i keltiriladi. 
Foyda (aralash daromad) – korporatsiyalarning birlamchi daromadlari 
(moliyaviy va nomoliyaviy), shuningdek, mayda nokooperativ korxonalar 
daromadlari. 
Mulkdan olingan daromadlar – iqtisodiyotning barcha sektorlarida 
olingan birlamchi daromadlar: foizlar, dividendlar, renta, bevosita xorij 


181 
investitsiyalaridan olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan 
binolar uchun ijara haqqi mulkdan olingan daromad emas, balki xizmatlar uchun 
to`lovlar sifatida qaraladi. 
Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat boshqaruv organlarining 
birlamchi daromadlari. Aytish lozimki, daromadlar va mulkdan olingan 
daromadlar birlamchi daromadlar sifatida qaralmaydi va qayta taqsimlash 
to`lovlari sifatida qaraladi. 
Ish haqqi – o`z mamlakati va xorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok 
etgani uchun mamlakat rezidentlariga to`langan ish haqqi. SHunday qilib
hisoblamadagi ish haqqi, daromadlarni hosil bo`lishi hisoblamasidagi ish haqqiga 
teng kelmaydi, chunki unda rezident va norezidentlarga to`langan to`lovlar, shu 
mamlakat YAIMni yaratishda qatnashganlariga to`lanadi. Demak, bu ikkita ish 
haqqi faqat favqulotda arifmetik jihatdan teng bo`lib qolishi mumkin, xolos. 
Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi 
daromadlar yig’indisini beradi. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda 
aniqlanishi mumkin (asosiy kapital iste`molini hisobga olgan va olmagan holda). 
YAlpi asosda hisoblangan yalpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa 
sof milliy daromad deb ataladi. 
YUqorida qayd qilinganidek, YAIM bilan YAMD ko`rsatkichlari orasidagi 
farq, shu mamlakat rezidentlarining xorijdan olgan daromadlari qoldig’idan 
tashkil topadi. Odatga ko`ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda YAMD 
YAIMdan ko`p, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning aksi YAMD YAIMdan 
kam. Bunga sabab, rivojlangan mamlakatlar, xorijga qo`yilgan investitsiyalardan 
ko`proq daromad oladilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling