O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

17.2. Asosiy hisoblamalar tizimi 
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda 
institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo`jaliklari 
va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan 
operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari 
orasida amalga oshirilgan bo`lishi mumkin. 
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli 
bo`lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo`ladi, masalan, iste`mol, 
jamg’arish, eksport va h.k. ba`zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli 
bo`lmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi ixtiyoriy 
ravishdagi o`zaro bog’lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar 
(yong’in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o`zgarishini aks 
ettirishi mumkin. 
Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har xil 
tomonlarini aks ettiruvchi har xil analitik jamlovchi ko`rsatkichlar ham bo`lishi 
mumkin. Bu ko`rsatkichlarning ko`pchiligi, masalan, qo`shilgan qiymat, 
jamg’arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi 
bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. YUqorida qayd 
etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar: masalan, YAIM, 
milliy daromad, milliy boylik kabi ko`rsatkichlar agregat ko`rsatkichlar bo`lib 
hisoblanadi. 
Tuzilishi bo`yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga 
o`xshaydi. Ular T-formasiga ega bo`lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli 


176 
mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra, 
keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi. 
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning 
mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish 
qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va 
xizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizmatlarni har xil maqsadlarda 
foydalanishni aks ettiradi: iste`mol, jamg’arish va boshqalar. Bu hisoblamada 
balanslashtiruvchi modda bo`lmaydi. Ammo agar moddalar to`g’ri aniqlansa
hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balanslashmay qolsa, u holda 
hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo`l qo`yilgan bo`ladi. 
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo`ladi: 
resurslar va resurslardan foydalanish (bunda «buxgalteriya hisobidagi debet va 
kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar 
yig’indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig’indisiga teng bo`lishi shart. 
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar 
guruhini bir-biridan ajratish lozim: 

iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar; 

iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar; 

ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar; 

butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar). 
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi 
guruhlarga ajratiladi: 

joriy hisoblamalar; 

jamg’arish hisoblamalar; 

aktivlar va passivlar balanslari. 
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi: 

ishlab chiqarish hisoblamasi; 

daromadlarni hosil bo`lishi; 

daromadlarni birlamchi taqsimlash; 

daromadlarni pul formada qayta taqsimlash; 

ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish; 

daromadlarni natural formada qayta taqsimlash; 

tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari. 
Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi: 

kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari; 

moliyaviy hisoblama; 

aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari; 
a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari; 
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari. 
Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi: 

davr boshidagi aktiv va passivlar balansi; 

davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi. 
Endi har bir joriy hisoblamalarni ko`rib chiqamiz: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling