O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet124/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Oraliq iste`mol – ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tovar va xizmatlar 
qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan xomashyo, materiallar, yoqilg’i, 
energiya, asbob-uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik 
konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to`lovlar va h.k. 
Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to`lovlar ham oraliq 
iste`molning muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy kapital iste`moli oraliq 
iste`mol hisoblanmaydi. Oraliq iste`mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida 
hisoblanadi va unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo`shiladi. 
Shuni qayd qilish lozimki, oraliq iste`mol sotib olingan vaqtidagi baho 
bilan emas, balki ishlab chiqarishda foydalanilgan vaqtdagi baho bilan o`lchanadi. 
Yalpi qo`shilgan qiymat (YAQQ) – iqtisodiy faoliyatning muhim 
ko`rsatkichi bo`lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi 
hisoblanadi va ishlab chiqarish bilan oraliq iste`mol orasidagi farq sifatida 
aniqlanadi. Agar ishlab chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar 
qo`shilib, soliqlar ayrilgan holda) baholangan bo`lsa, YAQQ ham shu baholarda 
baholanadi, agar u ishlab chiqaravchi bahosida baholangan bo`lsa (mahsulotlarga 
soliqlar qo`shilib, lekin qo`shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga 
olmagan holda) YAQQ ham shu baholarda baholanadi. Keng ma`noda barcha 
sektor va tarmoqlar YAQQ yig’indisi YAlpi ichki mahsulotga teng. Ammo 
amalda YAIM va YAQQni baholashdagi o`ziga xos xususiyatlarni e`tiborga olib, 
ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha izohlash mumkin: 
GDP = VA + N – S
bunda,
GDP – yalpi ichki mahsulot; 
VA – asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlarning 
yalpi qo`shilgan qiymati; 
– mahsulotlarga bo`lgan barcha soliqlar summasi; 
S – mahsulotlarga bo`lgan subsidiyalar.
Agar YAQQ ishlab chiqaaivchi bahosida baholangan bo`lsa, YAQQ va 
YAIM orasidagi bog’lanish quyidagicha bo`ladi: 
GDP = VA + VAT + V 


179 
bunda,
VA – ishlab chiqamvchilar bahosida hisoblangan iqtisodiyotning 
barcha sektorlari yalpi qo`shilgan qiymati; 
VAT – qo`shilgan qiymat solig’i; 
V – import solig’i – import subsidiyasi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling