O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


  I. Ishlab chiqarish hisoblamasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 


177 
I. Ishlab chiqarish hisoblamasi 
Foydalanish 
Resurslar 
2. Oraliq iste`mol
3. YAlpi qo`shilgan qiymat (1-2) 
1. Ishlab chiqarish 
Jami foydalanilgan 
Resurslar jami 
Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun 
mo`ljallangan. Uning o`ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish, ishlab 
chiqarish natijalarini o`lchovchi boshlang’ich nuqta bo`lib hisoblanadi. Keng 
ma`noda ishlab chiqarish – ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymatini 
aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o`zida sarflangan tovar 
va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. SHuning uchun ishlab chiqarish 
tarkibida takroriy hisoblamalar mavjud bo`ladi. 
Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan 
ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda 
ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: 
P = R + S; 
bunda,
P – ishlab chiqarish; 
R – sotilgan mahsulot hajmi; 
S – ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar 
zahiralarining ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish 
qoldig’i ham qo`shiladi. 
Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahirasining ortishi quyidagi formula 
bo`yicha hisoblanishi mumkin: 
S = S
1
 – S
0

bunda,
S
1
 – davr oxirida zahiralar qiymati; 
S

– davr boshidagi zahiralar qiymati.
Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi 
baho bilan emas. YUqori inflatsiya mavjud bo`lgan davrda bunday farq juda 
yuqori bo`lishi ham mumkin. 
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida 
MHTda zahiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflyatsiya 
davrida baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 
S
1
 = L – M
bunda,
L – tovarlarni zahiraga qo`yish vaqtidagi baho bilan baholangan 
mahsulotlar qiymati; 
M – tovarlarni zahiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan 
mahsulotlar qiymati.
Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo`yicha 
aniqlanadi: 
R = T
1
 – T
0

bunda,
R – banklarning ishlab chiqarish hajmi; 
T
1
 – mablag’larni jalb qilgani va joylagani uchun xaridorlarning 
banklarga to`lagan foizlari; 


178 
T
0
 – banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun 
banklarning xaridorlarga to`lagan foizlari. 
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi 
vositachi rolini o`ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab 
chiqarish hajmiga xaridorlarning quyidagi xizmatlar uchun to`lovlari: boyliklarni 
seyflarda saqlash, investitsiyalash bo`yicha berilgan maslahatlar, valyuta 
almashtirish va h.k. ham qo`shiladi. 
Sug’urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi: 
P = R – K + Q – N
bunda,
– sug’urta kompaniyalarga to`langan sug’urta mukofotlari; 
K – sug’urta kompaniyalari to`lagan sug’urta to`lovlari; 
– sug’urta kompaniyalari tomonidan texnik zahiralarni 
qimmatbaho qog’ozlarni va boshqa moliyaviy mablag’larni 
investitsiyalashdan olingan foizlar; 
– sug’urtalangan texnik zahiralar hajmining ortishi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling