O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


V. Ixtiyordagi daromaddan pul formada foydalanish hisoblamasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

V. Ixtiyordagi daromaddan pul formada foydalanish hisoblamasi 
Foydalanish 
Resurslar 
3. Joriy transfertlar (to`langan)
4. Ixtiyordagi daromad (1+2-3) 
1. Birlamchi daromadlar qoldig’i
2. Joriy transfertlar (olingan) 
Jami foydalanilgan 
Resurslar jami 
Bu hisoblama ixtiyordagi daromaddan foydalanish bilan bog’liq 
operatsiyalarni qayd etish uchun mo`ljallangan.
Oxirgi foydalanish xarajatlari quyidagilardan iborat: 
a) uy xo`jaliklarida oxirgi iste`mol xarajatlari; 
b) davlatni boshqarishda oxirgi iste`mol xarajatlari; 
s) uy xo`jaligi xizmatidagi notijorat tashkilotlarning oxirgi iste`mol 
xarajatlari. 
Qayd 
etilgan 
iste`mol 
xarajatlari, o`ziga tegishli sektorlarning 
hisoblamalarida qayd etiladi. 
Jamg’arish – hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning barcha sektorlari jamg’arish summalarining yig’indisi MHTning 
yana bir agregati – milliy jamg’arish hajmini ifodalaydi. 
VI. Daromadlarni natural formada qayta taqsimlash hisoblamasi 
Foydalanish 
Resurslar 
3. Natural formadagi ijtimoiy 
transfertlar (to`langan)
4. Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi 
daromad (1+2-3) 
1. Ixtiyordagi daromad
2. Natural formadagi ijtimoiy 
transfertlar (olingan) 
Jami foydalanilgan 
Resurslar jami 
Albatta, iqtisodiyotning barcha sektorlari ham daromadlarni natural 
formada transfertlarni oluvchi yoki beruvchi bo`lib hisoblanmaydi. Oluvchi bo`lib 
uy xo`jaligi sektori, to`lovchi bo`lib esa uy xo`jaligi xizmatidan notijorat 
tashkilotlar va davlatni boshqarish organlari hisoblanadi. Korporatsiyalar 


183 
(nomoliyaviy va moliyaviy) ijtimoiy transfertlar (uy xo`jaliklari tomonidan) 
hajmi, natural formada to`langan (davlatni boshqarish muassasalari) ijtimoiy 
transfertlar hajmiga teng bo`ladi. 
Agar uy xo`jaliklari ixtiyoridagi daromadga yana natural formada olingan 
ijtimoiy transfertlar qo`shilsa, MHTning yana bir agregati – uy xo`jaliklarining 
tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad ko`rsatkichi olinadi. Bu oqim uy 
xo`jaligiga berilgan barcha tushumlarni aks ettiradi va ular iste`mol qilishi va 
saqlashi mumkin bo`lgan imkoniyatlarni aks ettiradi. Bu ko`rsatkich aholining 
turmush darajasini o`rganish imkoniyatini beradi. 
Davlatni boshqarish sektorining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadi, 
shu sektorning ixtiyordagi pul daromadi bilan, uy xo`jaligi ixtiyoriga natural 
formada berilgan ijtimoiy transfertlar orasidagi farqqa teng. SHunday sxema 
asosida uy xo`jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning tuzatish kiritilgan 
ixtiyordagi daromadlari hisoblanadi. 
SHunday qilib, iqtisodiyot sektorlarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi 
daromadlari ularning ixtiyordagi pul formadagi daromadlar yig’indisiga teng. 
Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromaddan foydalanish quyidagi sxema asosida 
amalga oshiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling