O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

5.4. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi. 
Nisbiy miqdorlar hisoblanayotganda taqqoslash bazasi (maxraj) qilib har 
xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat 
buyurtmasi, o`tgan davr miqdori (hajmi), o`rganilayotgan hodisa yig’indisi, 


44 
boshqa mintaqa (hudud) ko`rsatkichi yoki qandaydir boshqa hodisalar 
ko`rsatkichi olinishi mumkin. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar quyidagi asosiy 
turlarga bo`linadi:

Reja topshirig’i nisbiy miqdorlari. 

Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorlari. 

Dinamika nisbiy miqdorlari. 

Tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari. 

Koordinatsiya nisbiy miqdorlari. 

Intensiv nisbiy miqdorlar. 

Ob`ektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari. 
Har bir nisbiy miqdor turi muayyan vazifani bajaradi.
Reja topshirig’i nisbiy miqdori rejalashtirilayotgan davr ko`rsatkichining 
oldingi yilning haqiqiy ko`rsatkichiga nisbatan qanday o`zgarishi lozimligini 
ko`rsatadi va quyidagicha hisoblanadi:
o
RT
nm
D
D
RT
100



bu erda:
RT
nm
– reja topshirig’i nisbiy miqdori. 
D
RT
 – joriy davr uchun reja topshirig’i. 
D
o
 – bazis davrda haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich.
Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori muayyan davr ichida 
shartnomadagi topshiriqlarning qay darajada bajarilganligini tavsiflaydi. Buning 
uchun haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich buyurtmadagi ko`rsatkich bilan 
taqqoslanadi: 
BT
nm
D
D
RT
100
1



bu erda:
RT
nm
 – buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori; 
D
1
 – joriy davrda haqiqiy bajarilgan daraja; 
D
BT
 – buyurtmadagi topshiriq darajasi.
Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi hodisa va jarayonlarning vaqt 
bo`yicha o`zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr 
ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan 
ortiq bo`lsa, u holda har bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr 
darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash 
mumkin. Birinchi ko`rinishda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli
ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi. Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha 
hisoblanadi:
1. 
o
i
b
nm
D
D
D
100



2. 
1
100



i
i
z
nm
D
D
D

bu erda:
b
nm
D
– bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari;
D
i
– i davr darajasi; 


45 
D
i-1
– har bir keyingi davrdan oldingi davr darajasi; 
D
o
 – bazis davr darajasi. 
Bazisli yoki zanjirsimon nisbiy miqdorlarni qo`llash tahlil oldida 
qo`yilgan maqsadga bog’liq. Agar faqat bazis davrga nisbatan keyingi davrlar 
darajasi qancha o`zgarganligini bilmoqchi bo`lsak, u holda bazisli usul, agar har 
bir keyingi davr o`zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha o`zgarib 
borayotganini kuzatmoqchi bo`lsak, u holda zanjirsimon usul qo`llaniladi.
Reja topshirig’i (D
RT
/D
o
), rejaning bajarilishi (D
1
/D
RT
) va dinamika 
(D
1
/D
o
) nisbiy miqdorlari o`rtasida quyidagi bog’lanish mavjud: reja topshirig’i 
nisbiy miqdori bilan reja bajarilishi nisbiy miqdorining ko`paytmasi dinamika 
nisbiy miqdoriga teng. Buni quyidagicha yozish mumkin: 
RT
o
RT
o
D
D
D
D
D
D
1
1




Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling