Natura-o`lchov birligi deyilganda, o`rganilayotgan hodisaning ichki
xususiyatini ifodalovchi og’irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi.
Masalan, ishlab chiqarilgan ko`mir – tonna, aholi soni – kishi, ekin maydoni –
gektar, bosib o`tilgan masofa – kilometrlarda ifodalanadi.
Ba`zi murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o`lchov birliklarining
o`zaro birikmasi bilan tavsiflashga to`g’ri keladi. Masalan, yuk transportining
bajargan ishi – tonna-kilometr (tashilgan yuk hajmi va bosib o`tilgan masofa),
ish vaqti – kishi-soat yoki kishi kuni (ishlangan kun yoki soat va kishilar soni),
iste`mol qilingan elektr energiya – kilovatt-soat (kilovatt va soat) va hokazolarda
ifodalanadi.
SHunday qilib, murakkab hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq
o`lchov birliklarining o`zaro birikmasi statistikada kompleks o`lchov birliklari
deyiladi.
SHuni ham qayd qilish kerakki, natura-o`lchov birliklari ayrim
hodisalarning iste`mol xususiyatlarini to`la hisobga olmaydi. Masalan, traktorni
olaylik. Ularning sonini donada aniqlash mumkin. Ammo ayrim olingan
traktorlar turlicha quvvatga, ya`ni turlicha iste`mol qiymatiga ega. SHunday
ekan ularni to`g’ridan-to`g’ri dona hisobida sanab, umumiy sonini aniqlash
mumkin emas, aks holda ularning iste`mol qiymatini hisobga olmagan bo`lamiz.
natijada raktor bilan ta`minlanish va undan foydalanish haqida noto`g’ri
ma`lumotga ega bo`lish mumkin. Bu sohada aniq tasavvur hosil qilish uchun
traktorlarni shartli-natura birliklarida hisoblash kerak. Buning uchun maxsus
shartli birlik qilib olingan shartli traktorga keltirish koeffitsientlaridan
foydalaniladi.
SHartli natura – o`lchov birligi deyilganda bir xil turdagi iste`mol
qiymatga ega bo`lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o`lchov birliklari
tushuniladi. Bu birlik (koeffitsientlar) negizida o`rganilayotgan hodisalarning
muhim iste`mol qiymatiga asoslangan nisbatlar yotadi. Masalan, statistika va
rejalashtirish amaliyotida traktorlar – etalon traktorlarda, 4 o`qli yuk vagonlari –
ikki o`qlilikka, sovunlar – 40 foiz yog’lilik darajasiga aylantirilgan holda
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |