O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Qisqacha xulosalar. 


37 
1. Statistik ma`lumotlar jonsiz sonlar ustuni va qatorlari bo`lib, ularning 
orqasida yashirinib yotgan hodisalarni bilish, ular o`rtasidagi o`zaro aloqalarni 
anglash va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash ma`lumotlardan foydalanuvchi 
shaxslarning ularni o`qiy olish, sonlar tilini bilish qobiliyatiga bog’liq. 
Statistikaning vazifasi esa ularga barcha qulay sharoitlarni tudirib 
ko`maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar 
bozorida faoliyat qilayotgan savdogarning vazifasiga qiyoslash mumkin. 
Bozorda o`z molini xaridorgir qilib ko`rsatish maqsadida sotuvchi uni to`la 
ma`noda tovar qilib e`tirof etishga, ya`ni barcha oliy omonlarini ko`rsatishga 
intilganidek, statistik ham o`z faoliyatining mahsuli bo`lmish ma`lumotlarni 
yaqqol, ko`rkam, jozibali qilib, barcha mantiqiy-mazmuniy tomonlarini 
oydinlashtirib taqdim etishi kerak. Shu maqsad uchun statistik ma`lumotlarni 
jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi. 
Jadvallar statistik ma`lumotlarni ixcham shaklda, o`ziga xos xususiyat va 
bog’lanishlarni yaqqol qilib taqdim etish imkoniyatini bersa, statistik grafiklar 
ularni ko`rkam, jozibali, o`ziga tortuvchan,o`zaro nisbatlari, o`xshashlik va 
farqlarini ko`zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o`qish 
va talqin etish osonlashadi. 
Jadval va grafiklarni tuzish san`atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida 
ular xizmat qilishi uchun bu san`atdan to`g’ri foydalana bilish lozim. Sonlar 
bilan ishlashni bilmaydigan shaxslarga ular, qanchalik yaxshi ishlov berilgan 
bo`lmasin, juda oz ma`no kasb etadi yoki butunlay hech narsani anglatmasligi 
mumkin. Statistik raqamlar bilan birinchi to`qnashishdayoq, ular sarosimaga 
tushib qoladi. Agarda buning ustiga biror kimsa tezroq uqdirish maqsadida bu 
sonlarni hadeb qayta -qayta eslatib turadigan bo`lsa, parokandalik vaziyati 
yanada kuchayadi. Bunday holatlarda odam jadvalning ma`lum qismigagina 
e`tibor qilishga moyil bo`ladi, undan biror ma`no chiqarishga intiladi, ammo bu 
holda urg’u belgisini noo`rin qo`yish xavf-xatari ortadi. Umumlashtirilmagan 
xomaki ma`lumotlarga duch kelgan odamzod kayfiyatini bepoyon chakalakzor 
o`rmonda kompassiz adashib qolgan kishining holati bilan qiyoslash mumkin. 
Xo`sh, bu holatdan qanday chiqish kerakq Qaysi tomon sharqu, qaysi tomon 
g’arbq Barglar orasidan taralayotgan yorug’lik nuriga qarab yo`l tutsa, u 
o`rmondan tashqariga olib chiqishi yoki aksincha uning yanada qalin 
chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin. 
Shuning uchun ma`lumotlar mohiyatini anglash, bilish jarayonini 
engillashtirish uchun ularni sodda va asl ma`nosida taqdim etish kerak. Demak, 
jadvallarni tuzayotganda ma`lumotlarning tabiatiga e`tibor berish zarur va yana 
shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim ma`lumotlar birmuncha oson yo`l bilan 
umumlashtirilsa va soddalashtirilsa boshqalari esa, aksincha ancha-muncha 
qiyinchilik tudiradi. Masalan, korporatsiya rahbarlari moliyaviy barqarorlik 
haqida darak olish bilanoq, ularda qaysi bo`lim qanday ko`rsatkich bilan faoliyat 
qilayotganini bilish ishtiyoqi paydo bo`ladi. Shu sababli moliyaviy natijalar 
haqidagi jadvalda har qaysi bo`lim bo`yicha foyda yoki zarar hajmini ko`rsatish 
va ularni mahsulot turlari bo`yicha taqsimlash etarlidir. Ammo bunday jadvalni 
ortiqcha ma`lumotlar bilan to`ldirib yuborish mumkin emas, jumladan foyda 


38 
keltirgan bo`limlar haqida qo`shimcha buning sabablarini yorituvchi 
ma`lumotlar berish noo`rindir, chunki ularga boshliqlar muhtoj emas. Qanchalik 
jadvallar sodda shaklda tuzilsa, shunchalik ulardagi ma`lumotlarni talqin etish 
oson bo`ladi. 
Ammo bunday soddalashtirish me`yorda bo`lishi kerak, bu esa jadval va 
grafiklar tuzish qoida-tartiblarida belgilanadi. 
4. Statistik ma`lumotlarni tasvirlovchi diagramma va chizmalarga nazar 
tashlash, ular ustida fikrlashga qaraganda nafaqat oson va qulay, balki shu bilan 
birga tafsilotlarni yozma yoki ozaki bayon qilishga nisbatan ko`proq taassurot 
qoldiradi. Kuzatuvchi o`zining ko`rib sezish qobiliyatidan foydalanib 
shakllardagi, tashqi qiyofadagi va jismoniy kattaliklardagi o`xshashlik va 
farqlarni tezroq ilab oladi, ikir-chikirlaridan esa chetlanadi. Ammo diagramma 
va 
tasvirlar 
yordamida 
statistik 
ma`lumotlarni 
soddalashtirish 
va 
yuzakilashtirishning ma`lum chegarasi (optimal me`yori) mavjud. Bu me`yor 
grafiklarda ifodalangan tasviriy mutanosibliklar haqiqatda ma`lumotlarda 
kuzatiladigan nisbatlar va xususiyatlarga qanchalik mos kelishi bilan 
belgilanadi. Undan oshirib yuborish muayyan tasviriy vositalarini suiiste`mol 
qilish ya`ni ulardan yomon niyatda foydalanish hisoblanadi. Nazar tashlash, 
ko`rish odamzod idrokini chalitishi, noto`g’ri fikrga olib kelishi mumkin. 
11-chizma.
12-chizma.
13-chizma. 
11-chizmada XYZ chizig’ida qaysi kesim XY yoki YZ uzun ko`rinishda 
XY kesimi uzunroqqa o`xshaydi, aslida esa ikkala kesim tengdir.
12-chizmada AE chizig’i EB chizig’iga qaraganda uzunroqqa o`xshaydi, aslida 
ular teng. 13-chizmada CD tik chiziq yotiq AB chizig’idan uzunroq ko`rinadi, 
haqiqatda esa ular teng. Hurmatli o`quvchilarimiz chizich bilan o`lchab tekshirib 
ko`radilar degan umiddamiz. Bevosita birgina diagramma va tasvirlarning o`zi 
ko`zning aldanishiga, chalishiga sabab bo`libgina qolmasdan, ularga yuzaki 
nazar tashlash, sinchiklab qaramaslik ham bunday soxta tassurotga sabab 
bo`ladi. Aniq ma`lumotlarga ega bo`lmasdan puch hayollarga berilib, xomaki 
fikrlarning tasdiqini diagramma va tasvirlar orqali yuzaga chiqarish uchun 
intilish aslo noto`g’ri harakatdir. Bunday ojizlik odamzod tabiatida uchrab 
turadigan nuqsonlardan biri bo`lib, diagramma va tasvirlar tuzish qoidalari esa 
ularning oldini olish uchun samarali chora hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling