34
Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob`ektlarni ikkita va undan ortiq
belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar.
Statistik jadval ixcham va ko`rimli chiqishi
uchun uni tuzishda quyidagi
qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
1. Jadvallar hajmi katta bo`lmasligi kerak. Murakkab to`plamlarni
o`rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o`zaro
bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o`qishga oson
ko`rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi
lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
3. Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko`rsatkichlar
birin-ketin, soddadan
murakkabga o`sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4. Jadvaldagi ma`lumotlar mazmunini anglash oson bo`lishi uchun ularni
bir xil aniqlik
darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash
lozim.
5. SHartli belgilashlarga katta e`tibor berish kerak. Zarur bo`lganda ayrim
ko`rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo`yilib,
ularni qaerdan yoki
qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
6. Hodisa sodir bo`lganligi to`g’risida ma`lumotlar bo`lmasa, jadvalda shu
ko`rsatkich o`rniga «ma`lumot yo`q» yoki nuqtalar (…) qo`yiladi, agarda hodisa
umuman sodir bo`lmagan bo`lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni
tuzish
texnikasi yaxshi egallansa, ularni o`qish va tushunish ishi ancha
osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: