O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi
ko`rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, 
jadvalning chap qismida, kesimi o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha 
joylanishi ham mumkin.
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch tuga bo`linadi: oddiy, 
gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari 
birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Gruppaviy jadval deganda o`rganilayotgan ob`ektlarni birbelgi asosida 
guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.


34 
Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob`ektlarni ikkita va undan ortiq 
belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar. 
Statistik jadval ixcham va ko`rimli chiqishi uchun uni tuzishda quyidagi 
qoida va tartiblarga amal qilish kerak: 
1. Jadvallar hajmi katta bo`lmasligi kerak. Murakkab to`plamlarni 
o`rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o`zaro 
bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o`qishga oson 
ko`rinishda tuzilishi kerak. 
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi 
lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
3. Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko`rsatkichlar birin-ketin, soddadan 
murakkabga o`sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4. Jadvaldagi ma`lumotlar mazmunini anglash oson bo`lishi uchun ularni 
bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash 
lozim.
5. SHartli belgilashlarga katta e`tibor berish kerak. Zarur bo`lganda ayrim 
ko`rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo`yilib, ularni qaerdan yoki 
qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak. 
6. Hodisa sodir bo`lganligi to`g’risida ma`lumotlar bo`lmasa, jadvalda shu 
ko`rsatkich o`rniga «ma`lumot yo`q» yoki nuqtalar (…) qo`yiladi, agarda hodisa 
umuman sodir bo`lmagan bo`lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni 
tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o`qish va tushunish ishi ancha 
osonlashadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling