O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
Qisqacha xulosalar.
37 1. Statistik ma`lumotlar jonsiz sonlar ustuni va qatorlari bo`lib, ularning orqasida yashirinib yotgan hodisalarni bilish, ular o`rtasidagi o`zaro aloqalarni anglash va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash ma`lumotlardan foydalanuvchi shaxslarning ularni o`qiy olish, sonlar tilini bilish qobiliyatiga bog’liq. Statistikaning vazifasi esa ularga barcha qulay sharoitlarni tudirib ko`maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar bozorida faoliyat qilayotgan savdogarning vazifasiga qiyoslash mumkin. Bozorda o`z molini xaridorgir qilib ko`rsatish maqsadida sotuvchi uni to`la ma`noda tovar qilib e`tirof etishga, ya`ni barcha oliy omonlarini ko`rsatishga intilganidek, statistik ham o`z faoliyatining mahsuli bo`lmish ma`lumotlarni yaqqol, ko`rkam, jozibali qilib, barcha mantiqiy-mazmuniy tomonlarini oydinlashtirib taqdim etishi kerak. Shu maqsad uchun statistik ma`lumotlarni jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi. Jadvallar statistik ma`lumotlarni ixcham shaklda, o`ziga xos xususiyat va bog’lanishlarni yaqqol qilib taqdim etish imkoniyatini bersa, statistik grafiklar ularni ko`rkam, jozibali, o`ziga tortuvchan,o`zaro nisbatlari, o`xshashlik va farqlarini ko`zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o`qish va talqin etish osonlashadi. Jadval va grafiklarni tuzish san`atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida ular xizmat qilishi uchun bu san`atdan to`g’ri foydalana bilish lozim. Sonlar bilan ishlashni bilmaydigan shaxslarga ular, qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo`lmasin, juda oz ma`no kasb etadi yoki butunlay hech narsani anglatmasligi mumkin. Statistik raqamlar bilan birinchi to`qnashishdayoq, ular sarosimaga tushib qoladi. Agarda buning ustiga biror kimsa tezroq uqdirish maqsadida bu sonlarni hadeb qayta -qayta eslatib turadigan bo`lsa, parokandalik vaziyati yanada kuchayadi. Bunday holatlarda odam jadvalning ma`lum qismigagina e`tibor qilishga moyil bo`ladi, undan biror ma`no chiqarishga intiladi, ammo bu holda urg’u belgisini noo`rin qo`yish xavf-xatari ortadi. Umumlashtirilmagan xomaki ma`lumotlarga duch kelgan odamzod kayfiyatini bepoyon chakalakzor o`rmonda kompassiz adashib qolgan kishining holati bilan qiyoslash mumkin. Xo`sh, bu holatdan qanday chiqish kerakq Qaysi tomon sharqu, qaysi tomon g’arbq Barglar orasidan taralayotgan yorug’lik nuriga qarab yo`l tutsa, u o`rmondan tashqariga olib chiqishi yoki aksincha uning yanada qalin chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin. Shuning uchun ma`lumotlar mohiyatini anglash, bilish jarayonini engillashtirish uchun ularni sodda va asl ma`nosida taqdim etish kerak. Demak, jadvallarni tuzayotganda ma`lumotlarning tabiatiga e`tibor berish zarur va yana shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim ma`lumotlar birmuncha oson yo`l bilan umumlashtirilsa va soddalashtirilsa boshqalari esa, aksincha ancha-muncha qiyinchilik tudiradi. Masalan, korporatsiya rahbarlari moliyaviy barqarorlik haqida darak olish bilanoq, ularda qaysi bo`lim qanday ko`rsatkich bilan faoliyat qilayotganini bilish ishtiyoqi paydo bo`ladi. Shu sababli moliyaviy natijalar haqidagi jadvalda har qaysi bo`lim bo`yicha foyda yoki zarar hajmini ko`rsatish va ularni mahsulot turlari bo`yicha taqsimlash etarlidir. Ammo bunday jadvalni ortiqcha ma`lumotlar bilan to`ldirib yuborish mumkin emas, jumladan foyda 38 keltirgan bo`limlar haqida qo`shimcha buning sabablarini yorituvchi ma`lumotlar berish noo`rindir, chunki ularga boshliqlar muhtoj emas. Qanchalik jadvallar sodda shaklda tuzilsa, shunchalik ulardagi ma`lumotlarni talqin etish oson bo`ladi. Ammo bunday soddalashtirish me`yorda bo`lishi kerak, bu esa jadval va grafiklar tuzish qoida-tartiblarida belgilanadi. 4. Statistik ma`lumotlarni tasvirlovchi diagramma va chizmalarga nazar tashlash, ular ustida fikrlashga qaraganda nafaqat oson va qulay, balki shu bilan birga tafsilotlarni yozma yoki ozaki bayon qilishga nisbatan ko`proq taassurot qoldiradi. Kuzatuvchi o`zining ko`rib sezish qobiliyatidan foydalanib shakllardagi, tashqi qiyofadagi va jismoniy kattaliklardagi o`xshashlik va farqlarni tezroq ilab oladi, ikir-chikirlaridan esa chetlanadi. Ammo diagramma va tasvirlar yordamida statistik ma`lumotlarni soddalashtirish va yuzakilashtirishning ma`lum chegarasi (optimal me`yori) mavjud. Bu me`yor grafiklarda ifodalangan tasviriy mutanosibliklar haqiqatda ma`lumotlarda kuzatiladigan nisbatlar va xususiyatlarga qanchalik mos kelishi bilan belgilanadi. Undan oshirib yuborish muayyan tasviriy vositalarini suiiste`mol qilish ya`ni ulardan yomon niyatda foydalanish hisoblanadi. Nazar tashlash, ko`rish odamzod idrokini chalitishi, noto`g’ri fikrga olib kelishi mumkin. 11-chizma. 12-chizma. 13-chizma. 11-chizmada XYZ chizig’ida qaysi kesim XY yoki YZ uzun ko`rinishda XY kesimi uzunroqqa o`xshaydi, aslida esa ikkala kesim tengdir. 12-chizmada AE chizig’i EB chizig’iga qaraganda uzunroqqa o`xshaydi, aslida ular teng. 13-chizmada CD tik chiziq yotiq AB chizig’idan uzunroq ko`rinadi, haqiqatda esa ular teng. Hurmatli o`quvchilarimiz chizich bilan o`lchab tekshirib ko`radilar degan umiddamiz. Bevosita birgina diagramma va tasvirlarning o`zi ko`zning aldanishiga, chalishiga sabab bo`libgina qolmasdan, ularga yuzaki nazar tashlash, sinchiklab qaramaslik ham bunday soxta tassurotga sabab bo`ladi. Aniq ma`lumotlarga ega bo`lmasdan puch hayollarga berilib, xomaki fikrlarning tasdiqini diagramma va tasvirlar orqali yuzaga chiqarish uchun intilish aslo noto`g’ri harakatdir. Bunday ojizlik odamzod tabiatida uchrab turadigan nuqsonlardan biri bo`lib, diagramma va tasvirlar tuzish qoidalari esa ularning oldini olish uchun samarali chora hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling