O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
Mutlaq miqdorlar kuzatilayotgan miqdor birliklarini qo`shish yoki
ayirish yo`li bilan aniqlanadi. Birinchi holda mutlaq miqdorlar «bir», «ikki», «uch», «to`rt» va hokazo tartibda sanaladi va aniqlanadi. Masalan, guruhda talabalar, jamoa xo`jaligida jamoa a`zolari; zavodda ishlab chiqarilgan mashina, stanoklar soni bevosita sanash yo`li bilan aniqlanadi. Bunday miqdorlar son ko`rsatkichlari deb yuritiladi. Ular butun sonlar ko`rinishida bo`ladi. Ikkinchi holda mutlaq miqdorlar bevosita o`lchash yordamida aniqlanadi. Masalan, jamoa xo`jaligida etishtirilgan sabzavot va poliz mahsulotlarining miqdori, fabrikada ishlab chiqarilgan matoning hajmi, ko`mir shaxtasida qazib chiqarilgan ko`mir miqdori kabilar o`lchash yordamida hisoblanadi. Bunday usulda olingan miqdorlar hajm ko`rsatkichlari deb yuritiladi. Ular butun yoki irratsional (butun bo`lmagan) sonlar bo`lishi mumkin. Borliqni, ijtimoiy hayotni mutlaq va nisbiy miqdorlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. CHunki qanday bir voqea xususida so`z yuritmaylik, unda albatta sifat va miqdor o`lchovi mezon rolini o`ynaydi. Masalan, 2002 yildan respublikamizda 180 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqda. Jismoniy shaxs sifatida yakka tartibda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning soni 300 mingdan, dehqon xo`jaliklarining soni esa 3 milliondan oshdi. Har uchali miqdor hammutlaq miqdordir. 2002 yilda 1995 yilga nisbatan viloyatda don mahsulotlarini etishtirish 115,4 foizga o`sgan, paxta va sabzavot etishtirish esa tegishli ravishda 41 85,0 va 81,1 foizgacha kamaygan. Bunday miqdorlar statistikada nisbiy miqdorlar deb yuritiladi. Agar so`z aholi turmush tarzi yoki turmush darajasi to`g’risida boradigan bo`lsa, u holda eng avvalo aholining real daromadi darajasi va uning o`zgarish yo`nalishi nazarda tutiladi. Quyidagilar, ya`ni: aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollarning soni, yoshi, ularning qanchasi shaharda va qanchasi qishloqda yashayotganligi; qanchasi sanoatda, qishloq xo`jaligida, qurilishda, transport, savdo va boshqa sohalarda ishlayotganligi; qanchasi muhandis, agronom, shifokor, o`qituvchi, iqtisodchi, ilmiy xodim ekanligi; qanchasi ishchi, jamoa a`zosi, xizmatchi va ularning malakasi, ma`lumot darajasi; mamlakatda necha kishi o`qimoqda va boshqalar to`g’risidagi qator mutlaq va nisbiy miqdorlar xalq xo`jaligi istiqbolini belgilash uchun asos qilib olinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling