O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Statistik grafiklar va ularning ahamiyati


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

4.2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati. 
Grafik – bu statistik ma`lumotlarni ta`sirchan va jozibali qilib 
tasvirlaydigan geometrik shakldir.
Statistik ma`lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta`sirchan, diqqatga 
sazovor va lo`nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad 
uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma`lumotlarni 
shartli olingan me`yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, 
predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan 
shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o`ziga 
tez jalb etish bilan birga ma`lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to`laroq va 
chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisoliy
madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha soarida erishilayotgan 
yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o`taydi.
Statistik 
ma`lumotlarni 
grafiklarda 
tasvirlash 
natijasida 
ularni 
soddalashtirish, oydinlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida 
tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo`lamiz.
Diagramma deganda statistik ma`lumolar geometrik shakllar yordamida 
tasvirlash tushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga 
tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. 
Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil 


35 
topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab 
konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi 
diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning 
makonda (territorial) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha 
yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko`rsatkichlarni tekislikdagi 
tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me`yorga aytiladi. U o`rganilayotgan 
hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb 
shartli ravishda qabul qilinganlgini bildiradi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari 
tasivrlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu 
miqdor deb o`qilishi mumkin. u uchta elementdan iboratdir.
1) shkala tayanchi deb ataluvchi chizik; 
2) chiziqlar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga 
joylashgan nuqtalar; 
3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling