O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
5.4. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Nisbiy miqdorlar hisoblanayotganda taqqoslash bazasi (maxraj) qilib har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat buyurtmasi, o`tgan davr miqdori (hajmi), o`rganilayotgan hodisa yig’indisi, 44 boshqa mintaqa (hudud) ko`rsatkichi yoki qandaydir boshqa hodisalar ko`rsatkichi olinishi mumkin. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar quyidagi asosiy turlarga bo`linadi: Reja topshirig’i nisbiy miqdorlari. Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorlari. Dinamika nisbiy miqdorlari. Tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari. Koordinatsiya nisbiy miqdorlari. Intensiv nisbiy miqdorlar. Ob`ektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari. Har bir nisbiy miqdor turi muayyan vazifani bajaradi. Reja topshirig’i nisbiy miqdori rejalashtirilayotgan davr ko`rsatkichining oldingi yilning haqiqiy ko`rsatkichiga nisbatan qanday o`zgarishi lozimligini ko`rsatadi va quyidagicha hisoblanadi: o RT nm D D RT 100 . bu erda: RT nm – reja topshirig’i nisbiy miqdori. D RT – joriy davr uchun reja topshirig’i. D o – bazis davrda haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich. Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori muayyan davr ichida shartnomadagi topshiriqlarning qay darajada bajarilganligini tavsiflaydi. Buning uchun haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich buyurtmadagi ko`rsatkich bilan taqqoslanadi: BT nm D D RT 100 1 . bu erda: RT nm – buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori; D 1 – joriy davrda haqiqiy bajarilgan daraja; D BT – buyurtmadagi topshiriq darajasi. Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi hodisa va jarayonlarning vaqt bo`yicha o`zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo`lsa, u holda har bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin. Birinchi ko`rinishda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli, ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi. Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha hisoblanadi: 1. o i b nm D D D 100 . 2. 1 100 i i z nm D D D . bu erda: b nm D – bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari; D i – i davr darajasi; 45 D i-1 – har bir keyingi davrdan oldingi davr darajasi; D o – bazis davr darajasi. Bazisli yoki zanjirsimon nisbiy miqdorlarni qo`llash tahlil oldida qo`yilgan maqsadga bog’liq. Agar faqat bazis davrga nisbatan keyingi davrlar darajasi qancha o`zgarganligini bilmoqchi bo`lsak, u holda bazisli usul, agar har bir keyingi davr o`zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha o`zgarib borayotganini kuzatmoqchi bo`lsak, u holda zanjirsimon usul qo`llaniladi. Reja topshirig’i (D RT /D o ), rejaning bajarilishi (D 1 /D RT ) va dinamika (D 1 /D o ) nisbiy miqdorlari o`rtasida quyidagi bog’lanish mavjud: reja topshirig’i nisbiy miqdori bilan reja bajarilishi nisbiy miqdorining ko`paytmasi dinamika nisbiy miqdoriga teng. Buni quyidagicha yozish mumkin: RT o RT o D D D D D D 1 1 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling