O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Natura-o`lchov birligi deyilganda, o`rganilayotgan hodisaning ichki 
xususiyatini ifodalovchi og’irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi. 
Masalan, ishlab chiqarilgan ko`mir – tonna, aholi soni – kishi, ekin maydoni – 
gektar, bosib o`tilgan masofa – kilometrlarda ifodalanadi.
Ba`zi murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o`lchov birliklarining 
o`zaro birikmasi bilan tavsiflashga to`g’ri keladi. Masalan, yuk transportining 
bajargan ishi – tonna-kilometr (tashilgan yuk hajmi va bosib o`tilgan masofa), 
ish vaqti – kishi-soat yoki kishi kuni (ishlangan kun yoki soat va kishilar soni), 
iste`mol qilingan elektr energiya – kilovatt-soat (kilovatt va soat) va hokazolarda 
ifodalanadi.
SHunday qilib, murakkab hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq 
o`lchov birliklarining o`zaro birikmasi statistikada kompleks o`lchov birliklari 
deyiladi.
SHuni ham qayd qilish kerakki, natura-o`lchov birliklari ayrim 
hodisalarning iste`mol xususiyatlarini to`la hisobga olmaydi. Masalan, traktorni 
olaylik. Ularning sonini donada aniqlash mumkin. Ammo ayrim olingan 
traktorlar turlicha quvvatga, ya`ni turlicha iste`mol qiymatiga ega. SHunday 
ekan ularni to`g’ridan-to`g’ri dona hisobida sanab, umumiy sonini aniqlash 
mumkin emas, aks holda ularning iste`mol qiymatini hisobga olmagan bo`lamiz. 
natijada raktor bilan ta`minlanish va undan foydalanish haqida noto`g’ri 
ma`lumotga ega bo`lish mumkin. Bu sohada aniq tasavvur hosil qilish uchun 
traktorlarni shartli-natura birliklarida hisoblash kerak. Buning uchun maxsus 
shartli birlik qilib olingan shartli traktorga keltirish koeffitsientlaridan 
foydalaniladi.
SHartli natura – o`lchov birligi deyilganda bir xil turdagi iste`mol 
qiymatga ega bo`lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o`lchov birliklari 
tushuniladi. Bu birlik (koeffitsientlar) negizida o`rganilayotgan hodisalarning 
muhim iste`mol qiymatiga asoslangan nisbatlar yotadi. Masalan, statistika va 
rejalashtirish amaliyotida traktorlar – etalon traktorlarda, 4 o`qli yuk vagonlari – 
ikki o`qlilikka, sovunlar – 40 foiz yog’lilik darajasiga aylantirilgan holda 
ifodalanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling