O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Tuzilma (struktura) miqdorlari deyilganda to`plamdagi ayrim 
guruhlarning shu to`plamning umumiy yig’indisiga bo`lgan nisbati tushuniladi. 
Umumiy ko`rinishda bu ko`rsatkich quyidagicha hisoblanadi:
100



n
n
T
NM
bu erda:
T
NM
– tuzilma nisbiy miqdorlari; 
– to`plamdagi ayrim guruhlar (bo`laklar); 

 n – to`plam yig’indisi. 
Tuzilma nisbiy miqdorlari o`rganilayotgan to`plamining tarkibini 
tavsiflaydi va shu to`plamdagi har bir guruh (bo`lak) lar umumiy to`plamning 
qancha qismini (ulushini) tashkil qiladi, degan savolga javob beradi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari, odatda, to`plam o`z mohiyati jihatidan bir-
biridan tubdan farq qiluvchi guruhlarga, bo`laklarga ajratilgan hollarda keng 
qo`llaniladi. SHuning uchun ham bunday mikdorlar statistik ma`lumotlarni 
guruhlash bilan bevosita bog’liq va ularni hisoblash asosida hlash yotadi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari deyilganda to`plamdagi guruhlar 
(bo`laklar)ning bir-biriga bo`lgan nisbati tushuniladi. Ular tuzilma nisbiy 
miqdorlarini to`laroq xarakterlash, shuningdek to`plam birliklari o`rtasidagi 
zaruriy nisbatlarni nazorat qilish uchun keng qo`llaniladi. Masalan, sanoat 
mahsulotini ishlab chiqarishda «A» va «B» guruh mahsulotlari, milliy daromad 
qiymatida iste`mol va jamg’arma nisbati, korxonalarda xodimlar toifalari 
o`rtasidagi zaruriy nisbatlar koordinatsiya nisbiy miqdorlarini hisoblash 
yordamida kuzatiladi. 
Intensiv nisbiy miqdorlar hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, 
uchrashish tezligini tavsiflaydi. Bunday miqdorlar bir-biri bilan bog’langan turli 
xildagi hodisalarni taqqoslash natijasida olinadi.
Statistikada turli-tuman intensiv nisbiy miqdorlar qo`llaniladi. Jumladan
aholining turmush darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar, masalan, jon boshiga 
to`g’ri kelgan milliy daromad, 100 kishiga to`g’ri kelgan o`rta va oliy 
ma`lumotlar soni, shifokorlar, 1 ga erga solingan o`g’it, 1 km
2
ga to`g’ri kelgan 
aholi va hokazo.


46 
Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa turdagi nisbiy miqdorlardan farqi 
shundaki, bu miqdorlarning natijalari mavhum ko`rinishda, ya`ni koeffitsient, 
foizda emas, balki aniq son, hajm va miqdorlarda ifodalanadi.
Ob`ektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari turli ob`ekt va 
mintaqaga mansub bo`lgan har bir ko`rsatkichning nisbatini tavsiflaydi. Ular 
koeffitsientda yoki foizda hisoblanadi va bir mintaqa (ob`ekt)ning tegishli 
ko`rsatkichi ikkinchisiga necha marta (foiz) ko`p yoki ozligini ko`rsatadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling