O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni.
- O`rtacha miqdor
48 Mavzu 6. O`RTACHA MIQDORLAR Reja: 6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni. 6.2. O`rtacha arifmetik miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi. 6.3. O`rtacha garmonik miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi. 6.4. Moda va mediana. Tayanch iboralar: O`rtacha miqdorlar, o`rtacha arifmetik miqdorlar, oddiy va tortilgan o`rtacha miqdorlar, intensivlik nisbiy ko`rsatkichi, o`rtacha garmonik miqdor, o`rtacha geometrik miqdor, mediana, moda, kvantililar, kvartil, kvintil, detsil, pertsentil. 6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni. Kundalik hayotimizda, turmushimizda o`rtacha miqdorlarni har qadamda uchratamiz va qo`llaymiz, ammo odatda o`rtacha so`zining o`zini iboramizda kam ishlatamiz. Bir nechta misollar keltiraylik. Bozor narx-navosini aniqlayotib, ayrim mahsulotlar qanday baholarda sotilayotganini surishtiramiz. Odatda unisi muncha so`m, bunisi buncha so`m degan javob eshitamiz. Ammo hamma sotuvchilar o`z mahsulotlarini o`sha baholarda sotayotgani yo`q, albatta. Bu erda, demak, o`rtacha baholar nazarda tutiladi. Qancha ish haqi olayapsiz degan savolga oyiga shuncha so`m deb javob qilamiz. Aslida hamma oylarda o`sha miqdorda ish haqi oayotganimiz yo`q, bu erda ham o`rtacha oylik ish haqi nazarda tutilyapti. Har qanday hodisa o`zining yakka (individual) va umumiy miqdoriga ega. Ammo yakka miqdor ham, umumiy miqdor ham o`sha hodisani umum- lashtirilgan holda ta`riflay olmaydi. Masalan, agar gap ishchilarning ish haqi ustida borsa, ish haqi darajasi va uning o`zgarishini aniqlash zarur bo`lib qolsa, buning uchun ayrim ishchining ish haqi to`g’risidagi ma`lumot etarli bo`lmaydi. CHunki ish haqi har kimda har xil. O`rtacha miqdor deyilganda bir turdagi (xildagi) hodisaning o`zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ta`riflovchi miqdor, ko`rsatkich tushuniladi. O`rtacha miqdorning xususiyati shundaki, u to`plamning umumiy darajasini yoki undagi ayrim birliklarning darajasini tavsiflamasdan, balki o`rganilayotgan belgi umumiy darajasining to`plam birliklariga bo`lgan nisbatini ifodalaydi. YUqoridagi ish haqi xususidagi misolimizda ish haqi fondi va jami ishchilarning soni umumiy daraja bo`lsa, ularning nisbati natijasida olingan daraja esa o`rtacha miqdor hisoblanadi. сони ишчилар фонди хаки иш хаки иш Уртача O`rtacha miqdorlarni hisoblashda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish lozim: o`rtalashtirilayotgan yakka (individual) miqdorlar bir xil turdagi to`plamga xos bo`lishi va mohiyatlari jihatdan tubdan farq qilmasligi 49 shart, miqdoran esa bir-biridan tafovutda bo`lib, ularning soni etarlicha ko`p bo`lishi lozim. Agar o`rtacha mohiyati jihatdan tubdan farq qiluvchi yakka miqdorlar bo`yicha hisoblansa, u holda bu o`rtacha o`z mazmunini mutlaqo yo`qotadi va qalbaki (soxta) ko`rsatkichga aylanadi; o`rtacha miqdorlar etarli darajada ulkan bo`lgan bir turdagi ommaviy to`plamlar uchun hisoblanishi kerak. Aynan shu qoidaga asoslanib hisoblangan o`rtacha o`rganilayotgan hodisaning tub mohiyatini to`liq ochib bera oladi. CHunki o`rganilayotgan to`plam qancha katta (albatta, nisbatan) bo`lsa, o`rtacha natijaga salbiy ta`sir qiluvchi tasodifiy omillar ta`siri shuncha kamayib boradi. SHu jihatdan o`rtacha miqdorlar ulkan sonlar qonuniga bo`ysunadi; o`rtacha miqdor faqat umumiy to`plam uchun hisoblanmasdan, balki to`plamning ayrim guruhlari, qismlari (bo`laklar) uchun ham hisoblanishi kerak. Bunday vazifa dastlab umumiy to`plamning mohiyati jihatdan o`xshash bo`lgan guruhlarga ajratish, so`ngra esa guruhlar uchun o`rtachalarni hisoblash yo`li bilan bajariladi. SHu yo`sinda hisoblangan guruhlar o`rtachalari umumiy o`rtacha ochib bera olmaydigan tomonlarni ochib beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling