Mavzu 4. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Reja:
4.1. Statistik jadvallar va ularning mohiyati.
4.2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
4.3. Chiziqli diagramma va gistogramma to`g’risida tushuncha.
Tayanch iboralar:
Statistik jadval, jadval skeleti, jadval egasi va kesimi, jadval maketi,
jadval sarlavhasi, oddiy jadvallar, guruhli jadvallar, kombinatsion jadvallar,
oddiy kesimli jadvallar, murakkab kesimli jadvallar, chiziqli grafiklar, yassi
grafiklar, fazoviy grafiklar, kartogramma va kartodiagrammalar.
4.1. Statistik jadvallar va ularning mohiyati.
Statistik ma`lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish
qulay bo`lsin, ularni o`qish va tushunish oson bo`lsin. Ularni taqdim etishning
eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so`z bilan bayon etish, jadval zuhurida va
grafiklar orqali tasvirlash.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga
qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan
farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning tuli tomonlarini
ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda
ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik to`g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan
geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda
o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir
qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular
jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy
sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb
ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar
ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni
ifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. shuning
uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil
Do'stlaringiz bilan baham: |