O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Chiziqli diagramma to`g’risida tushuncha
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
4.3. Chiziqli diagramma to`g’risida tushuncha.
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat. Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog’lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog’lanishini tasvirlaydi. Quyidagi ma`lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik. 4-jadval O`zbekistonda 2000-2005 yillarda etishtirilgan paxta va don yalpi hosili, mln. tonna Yillar Ko`r- satkichlar 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 Paxta 3002 3265 3122.4 2803.3 3536.8 3749.0 3002 Don 3929 4072 5792,6 6319,2 6000,8 6540,9 3929 Manba: O`zbekistonning iqtisodiy yo`nalishlari, oktyabr-dekabr 2006 y. 36 200 0 200 1 200 2 200 3 200 4 200 5 0 1 2 3 4 5 6 7 don paxta Koordinat sistemasini chizib, vertikal o`qqa paxta va don yalpi hosilini, gorizontal o`qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm : 1 yilga, ko`rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u holda yuqoridagi ma`lumotlar abssissa va ordinata o`qlarining shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi: Yillar (sm) 1 2 3 4 5 6 1 Paxta 3,0 3,3 3,1 2,8 3,5 3,7 3,0 Don 3,9 4,1 5,8 3,2 6,0 6,5 3,9 Bu nuqtachalarni tegishli o`qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar chiziqlar o`tkazamiz, keyin ularning o`zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, 10-chizmadagi paxtachilik va don etishtirishga tegishli siniq chiziqlarni hosil qilamiz. Masshtab: 1 sm-1 mln.t. 10-chizma. O`zbekistonda paxta va don etishtirishning o`sishi. CHiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko`rinishda (yo`g’on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (10-chizma). Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g’ri olish muhim ahamiyatga ega. Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko`rsatkichlar orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to`la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini tudirsin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling