O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Mavzu 4. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Mavzu 4. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Reja:
4.1. Statistik jadvallar va ularning mohiyati. 
4.2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati. 
4.3. Chiziqli diagramma va gistogramma to`g’risida tushuncha. 
Tayanch iboralar:
Statistik jadval, jadval skeleti, jadval egasi va kesimi, jadval maketi, 
jadval sarlavhasi, oddiy jadvallar, guruhli jadvallar, kombinatsion jadvallar
oddiy kesimli jadvallar, murakkab kesimli jadvallar, chiziqli grafiklar, yassi 
grafiklar, fazoviy grafiklar, kartogramma va kartodiagrammalar.
4.1. Statistik jadvallar va ularning mohiyati. 
Statistik ma`lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish 
qulay bo`lsin, ularni o`qish va tushunish oson bo`lsin. Ularni taqdim etishning 
eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so`z bilan bayon etish, jadval zuhurida va 
grafiklar orqali tasvirlash.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga 
qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan 
farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning tuli tomonlarini 
ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda 
ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik to`g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan 
geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda 
o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir 
qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular 
jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy 
sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb 
ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar 
ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni 
ifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. shuning 
uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling