Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil
bo`lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam
tarkibi o`rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsik
tarkibi, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o`rganiladi.
Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish
o`rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo`yicha amalga
oshiriladi. Masalan, ishchi malakasining oshishi (omil belgi) mehnat
unumdorligining (natijaviy belgi) oshishiga olib keladi.
Ikki va undan ortiq belgilar bo`yicha amalga oshirilgan guruhlashlar
kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo`yicha
bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo`ladi.
3.4. Ikkilamchi guruhlash.
Dastlabki guruhlangan ma`lumotlarga asoslanib, yangi guruhlarni hosil
qilish statistikada ikkilamchi guruhlash deb yuritiladi. Bu usul odatda:
sifat jihatdan bir xil tipga ega bo`lgan guruhlarni hosil qilish;
bir yoki bir necha guruhlarni bir-biri bilan taqqoslash;
umumiy qonuniyat yaqqol ko`rinuvchi yirik oraliqli guruhlarni hosil
qilish maqsadida qo`llaniladi.
Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari asosan dastlabki statistik
ma`lumotlar bo`yicha amalga oshiriladi. Ikkilamchi guruhlash:
dastlabki guruhlash oraliqlarini yiriklashtirish;
oraliqlarning nisbatiga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish
usullarida amalga oshirilishi mumkin.
Amaliyotda har ikkala usulni ham juda keng qo`llash maqsadga
muvofiqdir. Xususan, ikkilamchi guruhlashning ikkinchi yo`li tadqiqotchi
qo`lida turlicha dastur va metodologiya asosida hisoblangan ma`lumotlar salmoq
ko`rinishida bo`lgan hollarda keng qo`llaniladi.
1-jadval
Tijorat magazinlarining tovaroborot hajmi bo`yicha guruhlanishi
№
IV chorakda tijorat do`konlarining
tovar oborot hajmi bo`yicha guruhlari
(ming so`m)
Do`konlar
soni
IV chorakda tovar
oborot hajmi
(ming so`m)
1
2
3
4
1.
10 ming so`mgacha
15
93,0
2.
10-15
8
112,0
3.
15-20
13
200,0
4.
20-30
3
68,0
29
5.
30-50
9
378,0
6.
50-60
7
385,0
7.
60-70
3
180,0
8.
70-100
8
600,0
9.
100-200
22
2400,0
10.
200 va undan yuqori
12
3744,0
Do'stlaringiz bilan baham: |