O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Mavzu 3. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Mavzu 3. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH 
Reja: 
3.1. Jamlash to`g’risida tushuncha va uning turlari. 
3.2. Guruhlash to`g’risida tushuncha va uning unsurlari. 
3.3. Guruhlash belgisi va ularning turlari. 
3.4. Ikkilamchi guruhlash.
Tayanch iboralar:
Statistik jamlash, statistik guruhlash, guruhlash turlari, guruhlash belgilari, 
oddiy guruhlash, ko`p o`lchovli guruhlash, kombinatsion guruhlash, ierarxik 
guruhlash. 
3.1. Jamlash to`g’risida tushuncha va uning turlari. 
Statistik kuzatish o`rganilayotgan hodisa to`g’risida ko`pdan-ko`p 
ma`lumotlarni to`plashga imkon tug’dirsa-da, lekin olingan ma`lumotlarning 
tarqoqligi sababli hodisa to`g’risida umumiy xulosalar yasashga imkon 
bermaydi. SHuning uchun ham mazkur ma`lumotlarni bir tizimga solish, qayta 
ishlash navbatdagi vazifa hisoblanadi. Bu bosqich har qanday statistik 
tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo`lib, statistik kuzatish materiallarini 
svodkalash va guruhlash deb yuritiladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida 
amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan 
guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi 
hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni 
svodkalash lozimligi kabi masalalar echiladi. Svodkalash rejasida esa kim va 
qanday 
tartibda svodkalashning 
bajarilishi, uning natijlarini 
qanday 
rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi 
tashkiliy masalalar yoritiladi.
Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo`linadi. Oddiy 
svodkalash deganda olingan ma`lumotlarni guruhlarga bo`lmasdan to`plam 
bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta`lim 
olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi, kechki va sirtqi 
fakul’tetlardagi talabalar sonini qo`shib chiqishning o`zi kifoya. SHuning o`zi 
oddiy svodkalash bo`ladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma`lumotlarni 
dasturda ko`zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo`lib o`rganish 
tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo`lib o`rganish 
bunga misol bo`la oladi.
Svodkalash tashkil qilinishiga qarab: markazlashgan va markazlashmagan 
svodkalashlarga bo`linadi. Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich 
ma`lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to`planadi va o`sha era 
ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling