Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
1. O`zbekistonda davlat statistikasi qanday tashkil etilgan?
2. Davlat statistika qo`mitasining burch va vazifalari nimalardan iborat va u
qanday tuzilgan?
3. Ma`muriy idora statistikasi nima, u qanday ishlar bilan shug’ullanadi?
4. Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?
5. Kuzatish ob`ekti nima va u qanday tartibda chegaralanadi?
6. Kuzatish birligi nimaq Hisob birligi-chi?
7. Kuzatish sub`ekti nima?
8. Senz, milliy standartlar va xalqaro standartlar nima, qanday maqsadlarni ular
ko`zlaydi?
9. Kuzatish formulyari nima va uning qanday turlari bor?
10. Yo`riqnoma nima va u nima uchun tuziladi?
11. Kuzatish vaqti va joyi deganda nima tushuniladi va qanday tartibda ular
aniqlanadi?;
12. Kuzatish muddati va keskin fursat nima va ular qanday maqsadlarni
ko`zlaydi?
13. Statistik kuzatish hisobdan va oddiy predmetli kuzatishlardan qanday farq
qiladi?
14. Voqealarni qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatishlar qanday turlarga
bo`linadi, ularni mazmuni nimalardan iborat?
15. Hodisalarni hisobga olish usuli jihatidan statistik kuzatish qanday turlarga
bo`linadi?
16. Yoppasiga kuzatish nima va qanday turlarga bo`linadi?
17. Qisman kuzatish nimaq Monografik tasvirlash-chi, asosiy massivni kuzatish-
chi, savolnoma orqali kuzatish-chi; tanlama kuzatish-chi?
18. O`zbekiston respublikasida oliy ta`limni qayta qurish masalalarini o`rganish
maqsadida statistik kuzatishni o`tkazish ko`zlangan. Kuzatish ob`ekti nima
va uni qanday tartibda chegaralaysiz; kuzatish va hisob birligi nima va uni
qanday aniqlaysiz. Kuzatish dasturida qanday savollarni ko`zlash ma`qul.
Qanday statistik formulyardan siz foydalangan bo`lar edingiz. Yo`riqnoma
tuzish kerakmi, nimalarni unda aks ettirish kerak?
24
Do'stlaringiz bilan baham: |