O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Tashqi nazoratda asosan hujjatlarning to`g’ri rasmiylashtirilishi, ya`ni 
yo`riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma`lumotlarning to`laligi 
tekshiriladi. Masalan, instruktor-nazoratchi aholi ro`yxati materiallarini qabul 
qilayotganda avvalo ro`yxat varaqalari qanday rasmiylashtirilganligini, undagi 
rekvizitlarga javoblar to`la yoki to`lamasligini tekshirib chiqadi. Shu bilan birga 
kuzatish birliklari, uylar va xonalarning to`laligini tekshiradi.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari
 
Tashqi 
nazorat
Mantiqiy 
tekshirish
Arifmetik 
tekshirish 


20 
Mantiqiy tekshirish deyilganda statistik ma`lumotlarni mazmunini 
tekshirish tushuniladi. Bunda rekvizitlarga berilgan javoblar ko`zdan kechiriladi 
va ularda qarama-qarshiliklar bor-yo`qligini aniqlanadi.
Arifmetik tekshirish deb o`zaro bog’liq bo`lgan ma`lumotlarni son 
(raqam) jihatdan tekshirishga aytiladi. Masalan, savdo bazasidan yil 
boshlanishidagi tovar qoldig’iga yil davomida qabul qilingan tovar qiymati 
qo`shilsa, yil davomida jo`natilgan mahsulot qiymati kelib chiqadi. Agar bunday 
balans kelib chiqmasa, demak, ma`lumotlarda qandaydir xatoga yo`l qo`yilgan 
bo`ladi.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki 
tipdagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ 
(vakolatli) xato. Qayd qilishdagi xatolar o`z navbatida tasodifiy va muntazam 
xatolarga bo`linadi. Muntazam xatolar ham ikki turda bo`lishi mumkin: bila 
turib yo`l qo`yilgan xatolar va bilmasdan yo`l qo`yilgan xatolar (9-chizma).
Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga yozayotganda 
yoki ma`lumotlarning mazmunini noto`g’ri tushunib qayd qilish natijasida 
vujudga keladi. Bunday xatolar yoppasiga kuzatishda ham, tanlama kuzatishda 
ham ro`y beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling