20
Mantiqiy tekshirish deyilganda statistik ma`lumotlarni mazmunini
tekshirish tushuniladi. Bunda rekvizitlarga berilgan javoblar ko`zdan kechiriladi
va ularda qarama-qarshiliklar bor-yo`qligini aniqlanadi.
Arifmetik tekshirish deb o`zaro bog’liq bo`lgan ma`lumotlarni son
(raqam) jihatdan tekshirishga aytiladi. Masalan,
savdo bazasidan yil
boshlanishidagi tovar qoldig’iga yil davomida qabul qilingan tovar qiymati
qo`shilsa, yil davomida jo`natilgan mahsulot qiymati kelib chiqadi. Agar bunday
balans kelib chiqmasa, demak, ma`lumotlarda qandaydir xatoga yo`l qo`yilgan
bo`ladi.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va
qabul qilish davomida ikki
tipdagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ
(vakolatli) xato.
Qayd qilishdagi xatolar o`z navbatida
tasodifiy va muntazam
xatolarga bo`linadi. Muntazam xatolar ham ikki turda bo`lishi mumkin: bila
turib yo`l qo`yilgan xatolar va bilmasdan yo`l qo`yilgan xatolar (9-chizma).
Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga yozayotganda
yoki ma`lumotlarning mazmunini noto`g’ri tushunib
qayd qilish natijasida
vujudga keladi. Bunday xatolar yoppasiga kuzatishda ham, tanlama kuzatishda
ham ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: