Asosiy massivni kuzatishda o`rganilayotgan belgining umumiy hajmiga
eng salmoqli o`rin tutgan to`plamning asosiy qismi ajratib olinadi. Masalan,
kolxoz-kooperativ savdo statistikasi ana shu massivni tekshirish printsiplarida
olib boriladi. Jamoa xo`jaligi bozorlari besh mingdjan ortiq shahar va shahar
tipidagi shaharchalarda mavjuddir. Tekshirish esa 264 ta katta shaharlardagi
asosiy jamoa xo`jaligi bozorlarida olib boriladi. Bu shaharlarda shahar
aholisining yarmidan ko`pi yashaydi, jamoa xo`jaligi savdosi oborotida esa ular
asosiy salmoqni (50 foizni) egalaydi.
Anketa orqali kuzatishda kuzatilayotgan kishilarga oldindan maxsus
tayyorlangan varaqalar tarqatiladi. Anketa orqali kuzatish kerakli ma`lumotlarni
kam xarajat qilib olish imkoniyatini yaratsa-da, ammo ularning aniqligi javob
berilayotgan shaxslarga bog’liqdir. Varaqalarga javob yozish ixtiyoriy
bo`lganligi uchun odatda tarqatilgan anketalarning faqatgina bir qismi qaytib
kelishi mumkin. Natijada qisman kuzatishga egabo`lamiz.
Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va
sinchiklab o`rganish tushuniladi. U ko`pincha yoppasiga kuzatish natijalarini
boyitish maqsadida ilg’or tajribani o`rganish va ommalashtirishda qo`llaniladi.
Monografik tasvirlash barcha to`plam haqida fikr yuritish uchun ma`lumot
to`plashni ko`zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq
qiladi. Uning ma`lumotlari ayni tekshirilayotgan hodisa, ob`ektga tegishlidir.
2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish.
Statistik kuzatish o`tkazilgandan so`ng uning natijalarini qabul qilish
boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma`lumotlar uch nuqtai nazardan
tekshiriladi (8-chizma).
8-chizma. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari.
Statistik kuzatish ma`lumotlarini tekshirish usullari bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |