21
Muntazam xatolar har doim bir yo`nalishda bo`ladi va umumiy
ko`rsatkichlarga kuchliroq ta`sir ko`rsatadi. Natijada ular haqiqatdan
yiroqlashadi. Demak, muntazam xatolar xavflidir.
Bunday xatolarga bila turib
yoki bilmay turib yo`l quyish mumkin. Masalan, hisobot ma`lumotlariga qo`shib
yozish ma`lum maqsadni ko`zlaydi va ataylab, bila turib
qilingan xatoga misol
bo`la oladi. U mansabni suiiste`mol qilish yoki hisobotga panja ortidan qarash
natijasida yuzaga chiqadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xatoga misol qilib aholini ro`yxatga
olish vaqtida yoshni butunlashtirib aytishni olish mumkin. Odatda, 78 yoki 81
yoshli qariyalar 80 yoshdalar deb aytladi. Butun sonlar
bilan yoshni ifodalash
barcha kishilarga taalluqli xislatdir.
Reprezentativ xato deb bosh to`plam bilan tanlama to`plam natijalari
o`rtasidagi tafovutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir.
U ham
tasodifiy va muntazam xatolarga bo`linadi. Tasodifiy xato tanlama kuzatish
mohiyatidan kelib chiqadi va ikki yoqlama yo`nalishga egadir.
Muntazam xato
odatda bir yo`nalishda bo`lib, tanlab olish printsiplarini qo`pol ravishda buzish
natijasida yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: