O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

O`z-o`zini qayd qilish usulida kuzatishni o`tkazuvchi tashkilotning 
vakillari maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma`lum 
vaqtdan so`ng to`ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladilar. Masalan, har bir 
talaba haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish maqsadida hisob-iqtisod fakul’teti 
dekanati 1-kurs talabalariga maxsus varaqalar tarqatdi. Bu varaqalar talabalar 
tomonidan to`ldirilib, dekanatga qaytarilib berildi. Bunday kuzatish o`z-o`zini 
qayd qilish usulidagi kuzatish deb yuritiladi.
Korrespondentsiya usulida zarur ma`lumotlar statistika tashkilotlariga 
ixtiyoriy korrespondentlar tomonidan yuborib turiladi.
O`rganilayotgan to`plam birliklarini o`z ichiga qamrab olishga qarab, 
statistik kuzatish: yoppasiga va qisman kuzatishlarga bo`linadi.
YOppasiga kuzatish to`plamdagi barcha birliklar haqidagi zaruriy 
ma`lumotlar to`plandi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha 
korxona, muassasa va tashkilotlar tuzishi va statistika tashkilotlariga taqdim 
etishi shart. Aholi ro`yxati, chorva ro`yxati, ekin maydonlarining hisobi kabilar 
yoppasiga kuzatishga misol bo`la oladi.
Qisman kuzatish o`rganilayotgan to`plamdagi birliklardan qandaydir bir 
qismi haqida kerakli ma`lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Qisman kuzatish to`rtta turga bo`linadi:

tanlama kuzatish; 

asosiy massivni kuzatish; 

anketa orqali kuzatish; 

monografik kuzatish. 
Tanlama kuzatish deyilganda umumiy bosh to`plamdan bir qismini ilmiy 
asoslangan, vakolatni to`la ta`minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib 


19 
tekshirish tushuniladi. U to`g’ri tashkil etilsa, olingan natijalar umumiy to`plam 
haqida to`la-to`kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling