O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
2.2. Statistik kuzatish shakllari
Mamlakatimizda statistik kuzatish ikki shaklda: statistik hisobotni taqdim etish; maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlarni amalga oshirish yo`li bilan tashkil etiladi (6-chizma). 6-chizma. Statistik kuzatish shakllari Statistik hisobot deyilganda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi yoki uning mahalliy tashkilotlari hamda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan, tegishli ko`rsatkichlarga ega bo`lgan, mustaqil balansda turuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari Kuza- tish organi Kuzatish vaqti va muddati Kuza- tish joyi Kadrlarni tanlash va o’qitish Kuzatish varaqa- larini ko`payti- rish va joylarga jo`natish Statistik kuzatish shakllari Statistik hisobot Maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlar 16 tartibda uyushtiriluvchi, statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladigan hisobot shakllari tushuniladi. Hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli bo`lib, u barcha korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich haqqoniy ma`lumotlarni keng dasturda muttasil olib turish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya va operativ- texnika hisobi hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich hisob-kitob yozuvlari hisobot uchun ma`lumotlar manbai hisoblanadi. Hisobot buxgalteriya hisoboti va statistik hisobotlarga bo`linadi. Buxgalteriya hisoboti buxgalteriya balansi va schetlaridagi ma`lumotlarni sharhlash va batafsil tekshirish uchun xizmat qiladi. Statistik hisobotning asosiy vazifasi xalq xo`jaligini rivojlantirish bo`yicha ko`zlangan rejalarning bajarilishi ustidan nazorat olib borishdir. Har bir statistik hisobotda quyidagi uch turdagi ma`lumotlar keltiriladi: joriy davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar; joriy davr rejalarida ko`zlangan topshiriqlar; o`tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar. Har bir hisobot shakli quyidagi rekvizitlarni (unsurlarni) o`z ichiga oladi: hisobotning nomi va raqami; tasdiqlangan vaqti; taqdim etiladigan manzili; qaysi davr uchun tuzilayotganligi va qachon yuborilishi lozimligi; hisobotni yuborayotgan tashkilotning manzili; hisobot ma`lumotlari yoziladigan jadval maketi; o`lchov birliklari; korxona rahbarlarining imzosi va muhr bosilgan vaqt. Bunday hisobotni har bir korxona, muassasa va tashkilot belgilangan muddatda tzib, statistika tashkilotlariga topshirishga majburdirlar. Bu tartibga rioya qilmaslik hisobot intizomini buzish demakdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling