Mavzu 2. STATISTIK KUZATISH
Reja:
2.1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha
2.2. Statistik kuzatish shakllari
2.3. Statistik kuzatish turlari va usullari.
2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish.
Tayanch iboralar:
Statistik kuzatish, kuzatish ob`ekti va birligi, uzlukli va uzluksiz kuzatish,
yoppasiga va qiyman kuzatish, bevosita kuzatish, hujjatli kuzatish, so`roqnoma,
reprezentativ xato, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.
2.1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha
Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o`z ichiga oladi:
statistik kuzatish;
kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;
kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlashtiruvchi
ko`rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish.
Hayot turli xil hodisalarning almashinuvidir. Istagan joyda qulay ahvolda
qolish uchun ularni o`rganish va kuzatish kerak, degan edi frantsuz yozuvchisi
Bal’zak. Binobarin, har qanday statistik tadqiqot o`sha o`rganilayotgan ob`ekt
haqida tegishli ma`lumotlarni to`plash bilan boshlanadi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy,
uyushtirilgan asosda to`plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U
tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi. U
qanchalik to`g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda
tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga javob bera oladigan bo`ladi.
Mas`uliyatsizlik bilan to`plangan noaniq va pala-partish boshlang’ich
ma`lumotlar o`rganilayotgan hodisa xususida noto`g’ri yakun va xulosalarni
yasashga sabab bo`ladi.
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarning
hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda to`plangan ma`lumotlar ilmiy
tekshirish talablarini to`la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham
bo`lishi mumkin. eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan
iborat:
Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan o`zaro bog’lanishda va bir
butunlikda qayd qilishi lozim.
Ma`lumotar to`la-to`kis bo`lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan
to`plamdagi birliklar makon (mintaqa, hudud) chegarasida to`la
Do'stlaringiz bilan baham: |