27
Miqdoriy belgi deb son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi.
Masalan, mahsulot hajmi,
talabalar soni, stanoklar soni va hokazolar bevosita
raqamlarda ifodalanadi.
Hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish ularning omil va natijaviy
belgilari bo`yicha guruhlarga ajratib o`rganiladi.
Omil belgi natijaga ta`sir
qiluvchi belgidir.
Natijaviy belgi esa omil belgi ta`sirida o`zgarib turuvchi
belgidir. Masalan, mehnat unumdorlishi guruhlash belgisi bo`lib, uning ta`siri
ostida mahsulot tannarxining o`zgarishi kuzatilayotgan bo`lsa,
u holda mehnat
unumdorligi
omil belgi, tannarxning o`zgarishi
natijaviy belgi bo`lib
hisoblanadi.
Ko`zlangan maqsad va vazifalarga qarab, hodisalarni muhim va muhim
bo`lmagan belgilar bo`yicha guruhlash mumkin.
Muhim belgilar hodisaning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydi.
Korxonalarni mahsulot hajmi, ishlab chiqarish fondlari bo`yicha guruhlash
muhim belgi bo`yicha guruhlashga misol bo`la oladi.
Muhim bo`lmagan belgilar hodisaning faqatgina tashqi tomonini
tavsiflaydi. Bunga
korxonalarni ularning nomi, kimga qarashligi kabi belgilar
bo`yicha guruhlashlar misol bo`la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: