O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Statistik kuzatish turlari va usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

2.3. Statistik kuzatish turlari va usullari. 
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo`linadi (7-chizma).
Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo`lishi bilanoq, ya`ni o`sha 
damning o`zida qayd qilindi. Masalan, tug’ilish, o`lish, nikohdan o`tish va 
ajralishlarni fuqarlik holatlarini qayd qilish organlarida qayd qilish, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlani boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va 
xodimlarning ishga chiqishini tabel’ hisobida qayd qilish va hokazo.
Uzlukli kuzatiish deyilganda voqea sodir bo`lgandan so`ng ma`lum vaqt 
o`tgach uni qayd qilish tushuniladi. Odatda, bunday kuzatishlar teng vaqt 
oralig’ida takrorlanib turadi. SHunga qarab, uzlukli kuzatish: davriy va fursatli 
kuzatishlarga bo`linadi. Davriy kuzatish ma`lum teng muddat o`tishi bilan 
takrorlanib turadi. Masalan, har o`n yilda aholi ro`yxatining o`tkazilishi, har 
yilning boshida qoramollarning hisobini olish tadbirlari bunga misol bo`la oladi.


17 
7-chizma. Statistik kuzatish turlari 
Bir yo`la kuzatish qandaydir masalani echish maqsadida zaruriyat 
tug’ilgan hollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirib turiladi. bunday 
kuzatishga uy-joy fondi ro`yxati, ko`p yillik mevali daraxtlar ro`yxati, tabiiy ofat 
natijasida ko`rilgan zarani aniqlash kabilar misol bo`la oladi.
Boshlang’ich ma`lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish turoi 
usullarda amalga shiriladi.
Bevosita kuzatish usuli. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, 
tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita 
qatnashadi. U kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab, 
olingan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta 
punktidagi paxtani maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi 
birinchi, 15 foizi ikkinchi, 5 foizi uchinchi nav ekanligini aniqlaydi. Bu erda 
kuzatuvchi boshlang’ich ma`lumotlarni olishda bevosita kuzatish usulini 
qo`llaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling