14
holda olingan ma`lumotlar vaqt bo`yicha to`la-to`kis bo`lmasdan,
ularning taqqoslamaligiga putur etadi.
Olinayotgan ma`lumotlar
aniq, haqqoniy va ishonchli bo`lishi shart,
aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo`la olmaydi.
Bu erda
gap ma`lumotlarning faqat arifmetik jihatdangina (masalan, tiyin,
grammgacha) aniq bo`lishi to`g’risida emas, balki u ma`lumotlarning
ob`ektiv haqiqatni aks ettirishi to`g’risida boryapti.
O`rganilayotgan hodisa va voqealarni tavsiflovchi ma`lumotlar yagona
dastur va metodologiya asosda to`planishi lozim. Ma`lumotlarni to`plash dasturi
va
metodologiyasi hamma hududlar, idora va tashkilotlar hamda davrlar uchun
bir xil bo`lishi kerak. Aks holda ular taqqoslama bo`lmaydi va ilmiy tekshirish
uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilarni o`z
ichiga oladi
(4-chizma).
4-chizma. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari
Kuzatish dasturi deyilganda o`rganilayotgan to`plamning
har bir
boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd (registratsiya) qilinishi
lozim bo`lgan belgilar to`plami tushuniladi. Masalan, aholi ro`yxati dasturi – bu
ro`yxat varaqasiga va boshqa formulyarlarga kiritiladigan savollar bo`lib,
ro`yxat o`tkazish jarayonida mamlakatdagi har bir
kishi yoki aholining ayrim
guruhlaridan bu savollarga javob olinadi.
Kuzatish ob`ekti deyilganda o`rganilayotgan hodisa va jarayonlar
to`plami tushuniladi.
Ayrim hollarda kuzatish ob`ektini belgilayotganda
maxsus tsenzlardan
foydalaniladi.
TSenz deganda barcha ob`ektlar ichidan ayni kuzatishda hisobga
olinishi lozim bo`lganlarini belgilash uchun qabul qilingan ma`lum miqdoriy
me`yor tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: