O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

2.2. Statistik kuzatish shakllari 
Mamlakatimizda statistik kuzatish ikki shaklda:

statistik hisobotni taqdim etish; 

maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlarni amalga oshirish 
yo`li bilan tashkil etiladi (6-chizma).
 
6-chizma. Statistik kuzatish shakllari 
Statistik hisobot deyilganda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi yoki 
uning mahalliy tashkilotlari hamda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 
tegishli ko`rsatkichlarga ega bo`lgan, mustaqil balansda turuvchi barcha 
korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy 
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari 
Kuza-
tish 
organi
Kuzatish 
vaqti va 
muddati
Kuza-
tish 
joyi 
Kadrlarni 
tanlash 
va 
o’qitish
Kuzatish varaqa-
larini ko`payti-
rish va joylarga 
jo`natish
Statistik kuzatish shakllari 
Statistik hisobot 
Maxsus uyushtirilgan 
statistik kuzatishlar


16 
tartibda uyushtiriluvchi, statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladigan 
hisobot shakllari tushuniladi.
Hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli bo`lib, u barcha korxonalar va 
tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich haqqoniy ma`lumotlarni keng 
dasturda muttasil olib turish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya va operativ-
texnika hisobi hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich hisob-kitob yozuvlari 
hisobot uchun ma`lumotlar manbai hisoblanadi.
Hisobot buxgalteriya hisoboti va statistik hisobotlarga bo`linadi. 
Buxgalteriya hisoboti buxgalteriya balansi va schetlaridagi ma`lumotlarni 
sharhlash va batafsil tekshirish uchun xizmat qiladi.
Statistik hisobotning asosiy vazifasi xalq xo`jaligini rivojlantirish 
bo`yicha ko`zlangan rejalarning bajarilishi ustidan nazorat olib borishdir. Har bir 
statistik hisobotda quyidagi uch turdagi ma`lumotlar keltiriladi:

joriy davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar; 

joriy davr rejalarida ko`zlangan topshiriqlar; 

o`tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar. 
Har bir hisobot shakli quyidagi rekvizitlarni (unsurlarni) o`z ichiga oladi: 

hisobotning nomi va raqami; 

tasdiqlangan vaqti; 

taqdim etiladigan manzili; 

qaysi davr uchun tuzilayotganligi va qachon yuborilishi lozimligi; 

hisobotni yuborayotgan tashkilotning manzili; 

hisobot ma`lumotlari yoziladigan jadval maketi; 

o`lchov birliklari; 

korxona rahbarlarining imzosi va muhr bosilgan vaqt. 
Bunday hisobotni har bir korxona, muassasa va tashkilot belgilangan 
muddatda tzib, statistika tashkilotlariga topshirishga majburdirlar. Bu tartibga 
rioya qilmaslik hisobot intizomini buzish demakdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling