15
Kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o`z ichiga oladi (5-
chizma).
5-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni bevosita
tashkil qiladigan va
o`tkazadigan tashkilotlardir.
Kuzatish vaqti va muddati kuzatishni qachon
va necha kunda amalga
oshirishni aniqlaydi. Masalan, 1989 yilga aholi ro`yxati 12 yanvardan 19
yanvargacha bo`lgan, 8 kun davomida o`tkazilgan. SHu davr aholi ro`yxati
uchun kuzatish muddati edi.
Kritik fursat (moment) deyilganda ma`lumotlarni ma`lum vaqt (daqiqa,
soat, kunga)ga to`g’rilab (moslab) ro`yxatga olish tushuniladi.
Aynan shu
holatga nisbatan hodisalar ro`yxatga olinadi. Masalan, 1989
yilgi aholi
ro`yxatida kritik fursat 11 yanvardan 12 yanvargacha o`tar kechasi – soat 24 ga
belgilangan edi. Mavjud aholi aynan shu fursatga to`g’rilab ro`yxatga olingan,
ya`ni 12 yanvar soat 00 gacha tug’ilgan bolalar ro`yxatga olingan, undan keyin
tug’ilganlar esa ro`yxatga olinmagan. SHu vaqtgacha o`lgan
shaxslar esa
ro`yxatdan o`tmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: