O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Guruhlash belgisi va ularning turlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

3.3. Guruhlash belgisi va ularning turlari. 
Guruxlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi 
tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda guruhlashni aynan qaysi belgi asosida 
amalga oshirilishi tushuniladi. Uni tanlashda quyidagi asosiy shartlarga e`tibor 
berish lozim:

guruhlash uchun har doim hodisani to`la tavsiflab beruvchi muhim 
belgilar asos qilib olinishi kerak; 

guruhlash belgisini tanlashda uning aniq vaqt va joy sharoitini, o`sha 
davrning mohiyatini ifodalovchi, hozirgi zamon iqtisodiyotini 
tavsiflovchi masalalarni yorita oluvchi belgilar ekanligiga e`tibor 
berish kerak; 

murakkab hodisalarni o`rganishda guruhlashni faqat bitta belgi 
bo`yicha emas, balki bir necha muhim belgilar bo`yicha amalga 
oshirishi kerak. 
Ifodalanishga qarab, guruhlash belgilari atributiv va miqdoriy belgilarga 
bo`linadi. Atributiv belgi deyilganda son bilan ifodalanmaydigan, bir-biridan 
mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. Odamlar toifasi, 
fazilati, kishining kasbi, millati, mahsulot turi, ish haqi shakli kabilar bu belgiga 
misol bo`la oladi. Masalan, Abu Bakr Varroh Termiziyning marhamat 
qilishlaricha, odamlar uch toifaga bo`linadi:
Birinchisi – umaro (amirlar). 
Ikkinchisi – ulamo. 
Uchinchisi – fuqaro. 
Agar amirlar buzilsa, xalqning hayot tarzi buziladi; ulamo buzilsa, 
xalqning din-diyonati nuqsonga uchraydi, fuqaro buzilsa, xalq o`rtasida halollik 
va himmat buziladi. Amirlarning buzilishi – jabr-zulm qilishi; ulamolarning 
buzilishi – mol-dunyoga berilish va havoi nafsga ergashish; fuqaroning buzilishi 
esa, toatni tark etish va rizoga muxolafat qilishdir
1

Muqobil (al’ternativ) belgi atributiv belgining bir ko`rinishi bo`lib, 
ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. Masalan, 
ma`lumotli-ma`lumotsiz, tajribali-tajribasiz, ha-yo`q va hokazo.
1
Қаранг: Мусулмонлар тақвим китоби. Т., Молвароуннаҳр, 2001, 72-бет. 


27 
Miqdoriy belgi deb son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi. 
Masalan, mahsulot hajmi, talabalar soni, stanoklar soni va hokazolar bevosita 
raqamlarda ifodalanadi.
Hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish ularning omil va natijaviy 
belgilari bo`yicha guruhlarga ajratib o`rganiladi. Omil belgi natijaga ta`sir 
qiluvchi belgidir. Natijaviy belgi esa omil belgi ta`sirida o`zgarib turuvchi 
belgidir. Masalan, mehnat unumdorlishi guruhlash belgisi bo`lib, uning ta`siri 
ostida mahsulot tannarxining o`zgarishi kuzatilayotgan bo`lsa, u holda mehnat 
unumdorligi omil belgi, tannarxning o`zgarishi natijaviy belgi bo`lib 
hisoblanadi.
Ko`zlangan maqsad va vazifalarga qarab, hodisalarni muhim va muhim 
bo`lmagan belgilar bo`yicha guruhlash mumkin. 
Muhim belgilar hodisaning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydi. 
Korxonalarni mahsulot hajmi, ishlab chiqarish fondlari bo`yicha guruhlash 
muhim belgi bo`yicha guruhlashga misol bo`la oladi.
Muhim bo`lmagan belgilar hodisaning faqatgina tashqi tomonini 
tavsiflaydi. Bunga korxonalarni ularning nomi, kimga qarashligi kabi belgilar 
bo`yicha guruhlashlar misol bo`la oladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling